So’nggi yangiliklar

18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  0 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  7 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   6 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  1 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  6 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2

“Paxtakor-79” xotirasi yod etildi (fotogalereya) Yangiliklar

“Paxtakor-79” xotirasi yod etildi (fotogalereya)

Bundan 35 yil muqaddam samoda manguga qolib ketgan “Paxtakor-79” ko'pchiligimizning qalbimizda qolgan.
Yosh avlod vakillari ularning o'yinini ko'rmagan, lekin katta avlod vakillari ular haqida jo'shqinlanib so'zlab, ko'zlariga yosh olishadi.

Bugun erta tongdan “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan yodgorlik atrofida o'zbek futbolida faoliyat olib borayotgan yoshu-qari jam bo'ldi. Klub rahbariyati va futbolchilari, aviahalokatda halok bo'lganlarning yaqinlari va oila azolari, O'FF vakillari va futbolimiz faxriylari ishtirok etishdi.

Tadbirda qatnashganlar orasida Sardor Rahmatullaev, Asqar Tolibjonov, To'lagan Isoqov, Narimon Jalolov, Birodar Abduraimov, Evgeniy Valickiy, Mirjalol Qosimovni ko'rish mumkin edi. SHuningdek, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” futbol klubi vakillari ham tadbirga tashrif buyurishdi.

Ushbu tadbirni taniqli jurnalist Mirzahakim To'xtamirzaev olib bordi. Unda To'lagan Isoqov, Evgeniy Valickiy, shuningdek faxriy muxlislar so'zga chiqishdi. SHundan so'ng “Paxtakor” stadionidagi yodkorlikka gulchambarlar qo'yildi.

Tadbirning ikkinchi qismida yig'ilganlar Toshkentdagi Botkin qabristoniga yo'l olishdi. U erda Narimon Jalolov, Idgay Tazetdinovning turmush o'rtog'i, klubning faxriy muxlislari so'zga chiqishdi. Xotirlash marosimida 1979 yil samoda mangu qolib ketgan futbolchilarga bag'ishlangan sherlar ham tinglandi. Botkin qabristoniga “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoasining futbolchilari kelib “Paxtakor-79”ni xotirlashdi, “Lokomotiv” klubi vakillari ham yodkorlikka gulchambarlar qo'yishdi. Ushbu tadbirni nafaqat mahalliy telekanal, balki xorij telekanallaridan biri ham yoritgani etiborga molik.

Bugun kun davomida “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan tadbir va o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.


Tolibjon Qosimov

Suratlar muallifi: X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика