So’nggi yangiliklar

12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  0 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  4 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  27 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  4 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  12 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11

SHamil Yafarov 70 yoshga to'ldi! Yangiliklar

SHamil Yafarov 70 yoshga to'ldi!

Bugun o'zbek futbolining o'tgan asr 70-yillaridagi taniqli vakillaridan biri SHamil Yafarov tavallud topgan kun.

Bugun SHamil aka o'z oilalari, nabiralari davrasida qutlug' 70 yoshni qarshilayaptilar. SHamil Yafarov 1950 yilning 25 iyul kuni dunyoga kelgan. Futbolchilik davrida himoya va yarim himoyada o'ynagan. "Paxtakor"ning asosiy tarkibida besh mavsum to'p tepgan. Jami 76 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Ustozimiz Mavlon SHukurzodaning aytishicha, SHamil aka maxsus futbol maktabi yoki internatini tamomlamagan. SHunchaki, ko'chada to'p tepib yurgan bolakayni Idgay Tazetdinov payqab qolib, katta futbolga kirib kelishida asosiy sababchilardan biriga aylangan.

SHamil Yafarov o'g'li Timur Yafarov bilan


O'zining debyut uchrashuvida yosh SHamil chiroyli futbol namoyish qilish bilan birga gol ham urgan. SHu tariqa ko'plab mutaxassislar etiborini qozongan. Oradan bir yil o'tib, Vyacheslav Solovev uni "Paxtakor"ning o'rinbosarlar jamoasiga taklif qilgan. U Mixail An, Vladimir Fyodorov, Xadzipanagis, Olim Ashirovlar bilan do'stlashgan.

- Haqiqatan ham, men baxtli insonman, - deydi bugungi kun qahramonimiz. - 1973 yili "Paxtakor" jamoasiga taklif qilishgan. O'sha paytda shonli jamoamizga Vyacheslav Solovev murabbiylik qilardi. Vyacheslav Dmitrievich o'zbek futboli rivojiga juda katta xissa qo'shgan insonlardan biri hisoblanadi. U jamoaga asosan mahalliy o'yinchilarni taklif qilgan. Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan istedodli yoshlarni "Paxtakor"ga olib kelgan. 1979 yili aviahalokatga uchragan marhum futbolchilar bilan olti yil birga bo'lish baxti nasib etgan. Bundan har doim faxrlanib kelganman. Oilaviy bordi keldilarimiz bo'lgan. 

Bazada birga yashardik. Birga mashg'ulot o'tkazardik. "Paxtakor"ga kelgan ilk paytlarimda menga tajribali futbolchilar Birodar Abduraimov, Vladimir SHtern va To'lagan Isoqov juda katta yordam bergan. Oddiy qishloqdagi maktabdan kelgan yosh bolaga bu darajada etibor qaratishadi, deb sira o'ylamagandim. Kattalar qo'llab-quvvatlamasa, hech qanday natijaga erishib bo'lmaydi. 

Murabbiylarim haqida gapirganda marhum ustozimiz Idgay Tazetdinovni ko'p bor eslayman. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Idgay Borisovichni birinchi murabbiyim deb bilaman. "Paxtakor"dan oldin Toshkent viloyatining "Politotdel" klubida ham ishlagan. Tazetdinovning dunyo qarashi, madaniyati, pedogogik uslublarini hurmat qilardim. Bir kun mashg'ulot o'tkazmasang, butsangni o'sha kuniyoq mixga ilib qo'yaver, derdi. Qattiqqo'l murabbiy edi. Futbolchilarning oilaviy holati bilan ham qiziqardi. Uyida muammosi bor futbolchi hech qachon yaxshi o'yin namoyish eta olmasligini bilgani uchun ham hamisha bu narsani etibordan chetda qoldirmagan.

Agar "Paxtakor"dan ketmaganimda, o'sha mashum aviahalokatda jamoa bilan birga bo'lishim mumkin edi. "Paxtakor"da yana bir-ikki yil bemalol o'ynagan bo'lardim. A.Kochetkov meni qo'yib yuborishni istamagan. Agar Mansur Tolibjonov bo'lmaganida, ketmasmidim. U bilan "Politotdel"da birga o'ynagandik. 1977 yilning oxirida Mansur Sirdaryoning "Guliston" klubida jamoa boshlig'i sifatida ish boshlagan. Jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygandi. SHu bois ham u meni shu klubga o'tishga ko'ndirgan. Qizig'i, uch oydan so'ng Tolibjonov "Paxtakor" mamuri, yani administratoriga aylangan. Xuddi ikkimiz joy almashgandek bo'lib qolgandik. Agar Mansur bo'lmaganida, men "Paxtakor"da o'ynayotgan bo'lardim va balki o'sha reysda ucharmidim...

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud kunlarini nishonlayotgan SHamil aka Yafarovni saytimiz ijodiy guruhi va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz. Bugun erta tongdan SHamil akani ijtimoiy tarmoqlarda do'stlari, shogirdlari tabriklashyapti. 

Biz ham shu tilaklarga qo'shilgan holda SHamil Yafarovga uzoq yillar farzandlar, nabiralar rohatini ko'rib yurishlarini Yaratgandan so'rab qolamiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика