“Paxtakor-79”: "Olmaliq" FK – bosh sovrin egasi!
12 avg 2019 18:00
Yangiliklar
“Paxtakor-79”: "Olmaliq" FK – bosh sovrin egasi!
Toshkent viloyati futbol associaciyasi tashabbusi bilan o'smirlar o'rtasida “Paxtakor-79” xotira turniri bo'lib o'tdi.
Unda 6 jamoa g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritishdi. Musobaqa davomida barcha uchrashuvlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Olmaliq va A.Yassaviy jamoalari hal qiluvchi finalda o'zaro to'qnash kelishdi. Unda olmaliqlik yosh futbolchilar 3:1 hisobida zafar quchib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. 3-o'rin uchun kechgan bahsda “TashDAU” – Zangiota jamoasini 4:0 hisobida dog'da qoldirdi.

Barcha o'yinlar Yuqorichirchiq tumanidagi Ahmad Yassaviy mahallasida tashkil etildi. Mazkur mahallada “Paxtakor-79” sardori Mixail An tug'ilib o'sgan. Uning hoki ham shu erdagi qabristonda qo'yilgan. Musobaqa ishtirokchilari qabristonda bo'lib, marhum Mixail Anning qabristonini ziyorat qilishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar