So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  5 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

"Paxtakor" - 2014 yilgi O'zbekiston chempioni! Yangiliklar

"Paxtakor" - 2014 yilgi O'zbekiston chempioni!

Oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Oliy Liga, 21-tur uchrashuvi
 29 oktyabr, chorshanba
17:00 - Paxtakor (Toshkent) – Buxoro (Buxoro) 4:0
Gol:
Jamshid Iskanderov 3, - 1:0 (SHerzod Karimov). Vladimir Kozak 32, - 2:0. Igor Sergeev 35, - 3:0 (Vladimir Kozak). Bahodir Pardaev 67, - 4:0 (Egor Krimec).
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), M. Majidov (Namangan), F. Hasanov (Namangan), V. Najafaliev (Toshkent)
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Egor Krimec, Boyan Miladinovich, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Kaxi Maxaradze (s), Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov (Anvar Soliev, 72), SHerzod Karimov (Jamshid Boltaboev, 80), Igor Sergeev
Zaxira: Nikita Ribkin, Bahodir Pardaev, Aleksandr Merzlyakov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov
"Buxoro": Aleksandr Korneychuk, Evgeniy Kochnev (Nozim Umurov, 72), Suxrob Nematov, Vitaliy Plyamadela, Jamoliddin Ubaydullaev, Sanjar Asqaraliev, Ilya Ilin (Ravshan Aslonov, 46), Umrillo Ramazonov, Anvar Rajabov (Akobir To'raev, 46), Otabek Narzullaev, Dmitriy Popovich
Zaxira: Farruh Turdialiev, Aybek Nurboev, Ulug'bek Baqoev, Maruf Murodov, 
Ogohlantirishlar: Ilya Ilin 28
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: F. Magametov.


                                 MATNLI TRANSLYACIYA  
                                            YANGILASH


90+2. UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Paxtakor" - chempion! Klubning barcha muxlislarini chempionlik bilan tabriklaymiz.

90.
Korneychuk o'zini Noyerdek tutdi, biroq sal qolsa to'pni raqiblarga oldirib qo'yardi

89.
Suhrob Nematov jarima to'pini amalga oshirdi. CHamasi 30 metrlardan yo'llangan zarba darvozaga bormadi

87.
Boyan Miladinovich jarima to'pini amalga oshirdi, noaniq

85.
Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qoldi

80. O'zgarish. "Paxtakor".
SHerzod Karimov o'rniga Jamshid Boltaboev

78. ZARBAAAAA! Ubaydullaevning jarima maydoni ichiga kirib borib bergan zarbasidan so'ng to'pni Lobanov qaytardi!

76. Xavfli vaziyat!
Sergeev chap qanotdan oldinga borib Pardaevga oshirdi, Bahodir to'pni to'xatata olmadi

73. O'zgarish. "Paxtakor".
Jamshid Iskanderov o'rniga Anvar Soliev tushdi

72. O'zgarish. "Buxoro".
Evgeniy Kochnev o'rniga Nozim Umurov tushdi

71. Zarba!
Kaxi Maxaradzening zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi

67. Burchak to'pidan so'ng Krimec boshi bilan to'pni sheriklariga oshirdi, Pardaev esa yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'lladi - 4:0.

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! 4:0. Bahodir Pardaev!

66. ZARBA!
SHerzod Karimov jarima maydoni chizig'i ustidan to'pni darvozaga yo'lladi, Korneychuk to'pni qaytardi

64. O'zgarish. "Paxtakor".
Stanislav Andreev o'rniga Bahodir Pardaev tushdi

60.
Ubaydullaevning zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi

59.
Narzullaevning darvozaga yo'llagan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi

58. "Buxoro"da jarima to'pi.
To'p yonida Narzullaev va Nematov

55. Xavfli vaziyat!
Andreevning to'p uzatishidan so'ng Kaxi Maxaradze boshi bilan noaniq zarba berdi.

52.
Bu safar Nematov jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq

49. Xavfli vaziyat! "Buxoro"da burchak to'pi... Nematovning oshirgan to'pini Akobir To'raev boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

47.
Ikkinchi bo'limni "Buxoro" hujumlar bilan boshladi

46. O'zgarishlar. "Buxoro".
Ilya Ilin o'rniga Ravshan Aslanov, Anvar Rajabov o'rniga Akobir To'raev tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

42.
Kaxi Maxaradze jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, Korneychuk to'pni egallab oldi

40. Xavfli vaziyat!
Suhrob Nematov jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

39. "Buxoro"
jarima to'piga ega bo'ldi. Suxrob Nematovning oshirgan to'pini Ilya Ilin darvozaga yo'lladi, noaniq! Xavfli vaziyat!

35. Vladimir Kozak chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Sergeev bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi - 3:0.

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR SERGEEV! 3:0.

34.
Davron Hoshimov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Korneychuk o'z o'rnida

32.
"Buxoro"ning kam sonli hujumlaridan biri. Evgeniy Kochnev to'pni darvozaga yo'llay olmadi

29. Vladimir Kozakdan yana bir chiroyli gol! Korneychuk to'pni qaytardi. Qaytan to'pni Kozak to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi - 2:0.

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:0

27. Ogohlantirish. "Buxoro".
Ilya Ilin

23. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Andreev oldinga o'tdi, biroq sheriklariga to'pni uzatish o'rniga darvozaga yo'lladi, Korneychuk to'pni qaytardi.

22.
"Buxoro" futbolchilari asosan uzun paslar bilan oldinga o'tishga urinmoqda.

17.
Andreev bu safar to'pni SHerzod Karimovga aniq uzatdi, SHerzodning zarbasi umuman noaniq chiqdi

16. Andreev!
Stas o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni sheriklariga uzatdi, noaniq.

12.
Ustunlik mezbonlar tomonida. Navbatdagi burchak to'pi...

10. ZARBAAAAAAAAAA! IGOR SERGEEV. Jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib olgan hujumchi zarba berdi, noaniq.

8.
"Paxtakor"ning yana bir hujumi... chap qanotdan rivojlangan hujumini himoyachilar qaytardi

6.
Akbar Ismatullaevning zarbasidan so'ng Korneychuk to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.

5.
Mehmonlarning navbatdagi hujumi. Kozak chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. Burchak to'pidan so'ng Sergeev boshi bilan zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

4.
Tezkor gol uchrashuvga qanday tasir qilar ekan? Kuzatamiz...

3. SHerzod Karimov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, Jamshid Iskanderov to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi - 1:0. Super gol!

3. GOOOOOOOOOOOOOL! 1:0


2. "Paxtakor" sariq, "Buxoro" esa ko'k rangli futbolkalarda o'ynaydi.

1.UCHRASHUV BOSHLANDI

- Bugun "Paxtakor" g'alaba qozonsa muddatdan avval oliy ligada chempion bo'ladi. Bu jamoa uchun 10-chempionlik bo'ladi.

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика