"Paxtakor-2009" Sochida ikkinchi o'rinni egalladi
09 apr 2018 09:00
Yangiliklar


"Paxtakor-2009" Sochida ikkinchi o'rinni egalladi
Valentin Bubukin xotirasiga bag'ishlangan musobaqada "Paxtakor"ning 2009 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari finalda imkoniyatni boy berishdi.
Guruhning 3-turida "Jemchujina"ni Jamshid Orziqulov, Bekzod Qobulniyozov va raqibning avtogoli evaziga 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Sarvar Otaboev shogirdlari 4-turda Suxumning "Nart" jamoasi darvozasiga javobsiz 4 to'p kiritishdi. Gollarga Bekzod Qobulniyozov, Abduqodir Abduvosiqov, Isfandiyor Ismoilov mualliflik qilishdi. Yana bir golni raqib o'yinchisi o'z darvozasiga kiritdi.
Finalda esa Sochining bolalar futboli markaziga tarbiyalanuvchilariga qarshi bellashuvda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida omad mezbonlarga kulib boqdi. SHunday qilib, "Paxtakor-2009" Sochidagi musobaqada kumush medallarga ega chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar