"Paxtakor" - 10 karra O'zbekiston chempioni

Narzulla Saydullayev
29 okt 2014, 18:55
Bugun bo'lib o'tgan "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvida mezbonlar g'alaba qozonishdi (4:0).
Shu tariqa, "Paxtakor" bu mavsum muddatdan oldin chempion bo'ldi. Qolgan ikki turda "Lokomotiv" "sherlar"dan oshib keta olmaydi.

"Paxtakor" o'z tarixida 10-marta mamlakatimizda tengsiz bo'ldi. Toshkent klubi 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012 va 2014 yillarda O'zbekiston chempioni bo'ldi.

Bugungi o'yindan so'ng "Lokomotiv" klubi 2014 yilgi mavsumda kumush medallarga ega chiqishi oydinlashdi. Sababi uchinchi o'rindagi "Nasaf" ikki turda 7 ochko farqni yo'qqa chiqara olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia