So’nggi yangiliklar

23:25ЕЧЛ. "Ливерпуль" — "Атлетико" ва бошқа учрашувларнинг таркиби маълум  1 23:13ЕЧЛ. "Бавария" - "Челси". Таркиблар аниқ!  1 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  10 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  122 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  5 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  32 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  13 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  20 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  8 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  1

Paxtachi tumanidagi stadion qarovsiz ahvolga kelib qoldi Yangiliklar

Paxtachi tumanidagi stadion qarovsiz ahvolga kelib qoldi

Xabaringiz bor, ayni vaqtda yurtimizda futbol sohasida, ayniqsa bolalar futbolida juda ko'plab islohatlar olib borilmoqda.

Bu ishlarning natijasini va ish faoliyatini esa shaxsan yurtboshimizning o'zlari nazorat qilmoqda va bunga javoban viloyatlar va tumanlarda qolaversa chekka-chekka qishloqlarda yosh umidli bolalarni tarbiyalanib, katta futbolga olib kelinmoqda. Hozircha esa natijalar yomon bo'lmayapti nazarimizda.

Ammo olib borilayotgan islohatlarning “masofasi” uzunroq emasligi ko'ngilni ozgina xira qiladi. Yani bir necha kun ilgari biz Samarqand viloyati Paxtachi tumani Qarnab ota qishlog'iga sayoxat qilgandik. Bu erdagi bolalarni, umidli yoshlarni ko'rib, qani endi bularga bir sport majmuasi bo'lsayu ular ham katta futbolda ko'rinish bersa degan fikr uyg'ondi. Sababi bu erdagi qurilgan ammo qarovsiz qolib ketgan stadion va kurash sport majmuasi haligacha mutassaddilarning etiboridan chetda qolmoqda. To'g'ri qurilgan paytda juda havas qilgulik darajada bo'lgan bu maydon ayni damga kelib ayanjli ahvolga tushib qolgan.

Bilasizmi bu erdagi yosh avlodning bizga murojati juda tasirli bo'ldi. Ularning Samarqand viloyati futbol associaciyasiga murojatlari javobsiz qolgani esa bizningcha ham kunglida futbolga mexri bor insonni xam mexrini yo'q qilib quyishi aniq. Stadionda na futbol o'ynasa bo'ladi, na to'p tepsa bo'ladi.

Aniqlik kiritilishicha stadion Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli bo'lim tomonidan qurib qishloq yoshlariga foydalanishga topshirilgan. Korxonaning sport bo'limi esa hozirda o'zlarining ishlari bilan bandlar. Ammo bu paytda hududiy associaciya yordamga kelishi kerak nazarimizda. Ushbu qishloqqa bir marta ham kelmagan futbol mutassaddilaridan nazarini va ozgina bo'lsa ham mehrini shu kichik maydonchaga qaratsa, balki kelajagi porloq yosh futbolchilarni kashf etishda katta yordam bergan bo'larmidi.




SHohruh Meylixolov



Agar sizning ham tumaningizda shunday qarovsiz stadionlar bo'lsa suratlari va malumotlarni telegram orqali @chamasia ga yuboring. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика