Pavlyuchenko Rossiyaning o'yini haqida: "Buni futbol deb atash qiyin, balki O'zbekiston bilan o'yinda xursand bo'larmiz"
18 noy 2022 09:04
Yangiliklar
Pavlyuchenko Rossiyaning o'yini haqida: "Buni futbol deb atash qiyin, balki O'zbekiston bilan o'yinda xursand bo'larmiz"
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Roman Pavlyuchenko Tojikiston hamda Rossiya uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Bekorga sovurilgan 1,5 soat. Bugun ko'rgan o'yinimizni futbol deb atash ham qiyin. Menimcha tarkib bo'yicha qandaydir majburiyatlar bo'lgan.
Bugun maydonga chiqqan futbolchilar o'z jamoalari etakchilari. Ular o'ynab berishdi. Ammo afsus, buni futbol deya olmaymiz. SHunchaki darvozasiz kvadrat o'yinini o'ynashdi.
Vaziyatlarsiz zerikarli futbol. Tojikiston o'yiniga moslashishdi - ularga mos futbol o'ynashdi. Mezbonlar ajoyib. Xarakter va xohishni ko'rsatishdi.
Uch kundan so'ng O'zbekistonga qarshi o'yin. To'g'ri tushunayotgan bo'lsam, boshqa tarkib bo'ladi. Raqib ham umuman boshqa - kuchliroq. Balki uch kundan so'ng xursand bo'larmiz. Ammo bugun xech kim xursand bo'lmadi", - dedi Pavlyuchenko.
Fikrlar