Pavel Vrba: "CHex bo'lmaganida hisob yiriklashib ketardi"
14 iyu 2016 03:59
Yangiliklar
Pavel Vrba: "CHex bo'lmaganida hisob yiriklashib ketardi"
- Katta turnirdagi birinchi o'yinimizdan ko'nglim to'ldi. Yuqori saviyadagi musobaqada yaxshi darajada o'ynay oldik. Tan olish kerak, Ispaniya kuchli o'ynadi. Ular darvozamiz oldida ko'plab vaziyatlar sodir etishdi. Agarda CHex va himoyadagi yaxshi o'yinimiz bo'lmaganida tablodagi hisob ancha yiriklashib ketardi. Bizda gol urish uchun uchta imkoniyat yuzaga kelgandi. O'yinni dramatik qila olmaganimizdan biroz xafaman. Boshqa tarafdan olib qaraganda, futbolchilarimiz qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. SHuningdek, bugungi uchrashuvda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga chin yurakdan katta rahmat aytmoqchiman. Bizga muxlislik uchun Franciyaga juda ko'plab ishqibozlar kelganini ko'rib quvondim. Ular butun o'yin davomida tinimsiz olqishlab turishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar