Pavel Smolyachenko: “Ismoilovning mashg'ulotlari qiziqarli o'tmoqda”
01 fev 2014 14:31
Yangiliklar

Pavel Smolyachenko: “Ismoilovning mashg'ulotlari qiziqarli o'tmoqda”
Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishga intilayotgan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi ayni damda o'z qarorgohida shug'ullanmoqda.
Tarkibda o'zgarishlar kuzatilmoqda. Jamoaning iqtidorli futbolchisi Pavel Smolyachenko tayyorgarlik va tarkibda ro'y berayotgan o'zgarishlar xususida “SA”ga intervyu berdi.
- Pasha, jamoangiz Toshkentda yig'inni yakunlab, yana o'z qarorgohiga qaytib keldi. Avvalo poytaxtda o'tgan o'yinlar va mashg'ulotlar to'g'risida fikrlaringizni bilmoqchi edik?
- Bo'lajak mavsumga tayyorgarlik yuqori suratda o'tmoqda deyish mumkin. Klubda bosh murabbiy almashtirilgach, mashg'ulotlarda ham katta o'zgarishlar kuzatildi. CHunki avvalgi murabbiy asosan jismoniy tayyorgarlik ustida ish olib borardi. Murod aka Ismoilov esa mashg'ulot chog'ida jismoniy tayyorgarlik imkoniyatimizni oshirish uchun to'p bilan ishlagan xolda, yuklamalar bermoqda. Bu biz futbolchilarga juda qiziqarli o'tmoqda. Toshkentda bir nechta sinov-nazorat bahslarida ishtirok etdik. Afsuski ijobiy natijalar bo'lmadi. Bu o'yinlarda murabbiy aralash tarkibni tushirdi. CHunki bu kabi uchrashuvlarda natijadan ham ko'proq, yangi o'yinchilarning qanday imkoniyatga ega ekanligini bilish birinchi o'rinda turadi. Muhimi chempionatda yutqazmasak bo'lgani.
- Tarkibdagi keldi-ketdilar hamon davom etmoqda. Nima deb o'ylaysiz yangilar “Neftchi”ni kuchaytira oladimi?
- Menimcha, ha. CHunki murabbiy yomon futbolchini taklif etmaydi. Yangi kelib qo'shilganlardan Aleksandr Onika va turkmanistonlik futbolchi menda iliq taassurot qoldirdi. Ayniqas Onikaning tajribasi katta ekanligi bilinib turibdi. Bu futbolchi Moldaviya terma jamoasida ham bejizga o'ynamaydi.
- Ketganlarning o'rnini bu futbolchilar munosib ravishda to'ldira oladi deb o'ylaysizmi?
- Yo'q, “Neftchi” bilan xayrlashgan o'yinchilarni kuchli deb hisoblayman. Balki yangi kelganlar ulardan ham zo'r o'yin namoyish etishar. Buni vaqt ko'rsatadi. Baribir yangi o'yinchiga jamoaga kirishib ketishi uchun malum bir vaqt kerak bo'ladi.
- Ertadan Farg'onada Hokim Kubogi turniri start oladi. Bu musobaqa jamoaning mavsumga tayyorgarligi uchun qanchalik foydali bo'ladi?
- Hokim Kubogi turniri har yili o'tkazilib keladi. Afsuski bu yil “Andijon” va “Navbahor” ikkinchi tarkibi bilan kelar ekan. Bizning jamoa esa ikkita tarkib bilan o'ynaydi. O'ylaymanki musobaqa har bir jamoa uchun foydali bo'ladi. CHempionat oldidan ko'proq o'yin amaliyoti zarur. Lekin Farg'onada hozir qor katta. Hayronman, qor qoplangan maydonda o'yinlar qanday kechar ekan...
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.

Fikrlar