Pavel Purishkin O'zbekistonga qaytdi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2020
Xabaringiz bor, o'tgan mavsumni PRO-Liga vakili "Oq-tepa" safida o'tkazib chempionat to'purariga aylangan hujumchi Pavel Purishkin Ummon chempionatiga yo'l olgandi.

Xorijdagi klubi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etgan futbolchi yana yurtimizga qaytdi. Biz hujumchining endilikda qaysi klub safiga qo'shilishi bilan qiziqdik.

"Oman" FK klubi bilan amaldagi shartnomam yakuniga etdi va ortga qaytdim. Ayni damda formamni yo'qotib qo'ymaslik uchun yakka tartibda mashg'ulotlarni olib borayapman. Hozircha biron klubdan taklif olganim yo'q. Transferlar oynasi yopilishiga oz vaqt qoldi? Bundan xabarim bor. O'ylaymanki, bu muddat ichida biron bir klub safiga qo'shilsam kerak" - deydi Purishkin.

Ma'lumot uchun, Purishkin Ummon chempionatida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol, 4 assist qayd etdi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia