Paulu Bentu - Janubiy Koreya bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2018, 09:54
Portugaliya, Sporting va Olimpiakos klubi sobiq ustozi Paulu Bentu Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Portugaliyalik murabbiy bilan JCH-2022 oxirigacha shartnoma tuzildi.

JCH-2018da koreyslar guruhdan chiqa olishmadi va oldingi bosh murabbiy Shin Ta Yong iste'foga chiqarilgan edi.

Bentuning so'nggi ish joyi Xitoyning Chuncin Lifan klubi bo'lgandi. O'tgan oyda ketma-ket 6ta mag'lubiyatdan so'ng uni ishdan bo'shatishgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fourfourtwo.com