Paulo Souza: "Pley-offga chiqish - "Bazel"ning orzusi"
09 dek 2014 14:18
Yangiliklar


Paulo Souza: "Pley-offga chiqish - "Bazel"ning orzusi"
"Biz hammasini tushunib turibmiz. "Liverpul" - boy tarixga ega klub. Katta investiciyalar va ajoyib futbolchilar. Brendan Rojers u erda o'zining birinchi mavsumini o'tkazayotgani yo'q va u "Liverpul"ni ichidan biladi. Klubimiz xar yili muvaffaqiyatga erishib kelmoqda. Biz o'z uslubimizdan voz kechmaymiz. Raqibga bosim o'tkazishga harakat qilamiz. SHundagina klubimiz tarixiy omadli qadam tashlay oladi.
Murabbiy sifatida doimo oldinga qarayman. Bizda o'yin uchun reja bor va bu reja to'g'ri bo'lishiga umid qilaman. Faqatgina jamoaviy o'ynasakgina bizning g'oyamiz amalga oshadi. Hammasi o'zimizga bog'liq. Futbolchilarimiz hozirda raqibdan aqlli va kuchliroq. Yaxshi futbol ko'rsatib, "Liverpul"ga ko'plab noqulayliklar tug'diramiz degan umiddaman.
Pley-offga chiqish - haqiqiy orzu. Bu maqsad yo'lida ishlayapmiz va biz bunga loyiqmiz deb o'ylayman. Agar nimchorak finalga chiqsak, iloji boricha ko'prog'iga erishishga harakat qilamiz" - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, "Bazel" pley-offga chiqishi uchun durang ham etadi.

Fikrlar