So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Paulo Dibala: “Stadionimizda raqiblar qo'rquvni his qilishadi” Yangiliklar

Paulo Dibala: “Stadionimizda raqiblar qo'rquvni his qilishadi”

“Tuttosport” nashri muxbiri bilan suhbatda “Yuventus”ning joriy mavsumdagi qahramonlaridan biri argentinalik Paulo Dibala bolaligi, qiyinchiliklari, oldiga qo'ygan maqsadlari xususida savollarga javob qaytardi.


- Ushbu mavsumga tarifingizni berib o'tsangiz.

- Kamdan-kam ro'y beradigan holatni qayd etdik: skudettoni qanday hissiyotlar og'ushida yutdik. Barchasi kutganimdek sodir bo'ldi. Italiyada o'tgan uch yillik faoliyatimda “Yuventus”ga teng keladigan jamoa yo'qligini ko'rgandim. Raqiblarga qo'rquv soladigan bunday stadion boshqa joyda yo'q. Jahondagi eng kuchli klublardan biriga o'tayotganimni bilardim.

- Jamoa o'yini qovushmagan paytda tanlovda xatoga yo'l qo'ydim deb o'ylamadingizmi?

- Hech qachon tanlovimdan afsus qilmaganman. Hatto eng omadsiz, “Inter”dan 12 ochkoga ortda qolib ketgan davrda ham. Ko'p narsa o'zgarganini tushunardim va ko'pchilik “Yuventus” nima ekanligini bilib olishi lozim edi. Hammasi o'z qo'limizda ekanini tushunardim, o'yinlarni yutishni boshlash etarli edi. SHunday bo'ldi. Bu ajoyib: muvaffaqiyatga qanday erishilgani uni yanada hayajonliroq qarshi oldiradi.

- Bunday holatni avval ko'rganmisiz?

- Bu menga 2006 yilgi mundialni yaxshi boshlamagan Italiyani eslatib yubordi. Jamoa turnirni tark etishga yaqin bo'lgan holatda jahon chempioni bo'lgandi.

- Ilk bor qaysi mundialni chinakam muxlis sifatida kuzatgansiz?

- 2002 yil Yaponiya va Koreyada o'tgan chempionatni. Ronaldinodan hayratga tushardim. U amalga oshirgan barcha narsa menga yoqardi. Maydondagi harakatlari, zarbalari, ijodkorlik jihatlari. U mening kumirim bo'lgan.O'sha paytda Braziliyaning har bir chizig'ida eng yaxshi futbolchilar yig'ilgandi. Argentinalik bo'lsam ham Braziliyada dahshatli jamoa bo'lganini tan olaman.

- Joriy mavsumdagi eng ajoyib vaziyatni aytib o'tsangiz.

- Ular ko'p. Agar bir holatni yodga olish kerak bo'lsa, birinchi kunni tilga olaman. Jamoa libosini kiyib, klubning bir bo'lagiga aylanganimni his qilaman. Bu kuchli hissiyot edi. Keyin Italiya Superkubogi uchun SHanxayda o'ynadik va yutdik. “Roma” bilan uchrashuvda jamoa uchun birinchi golim, “Yuventus Stedium”da kiritgan birinchi to'pimni yaxshi eslayman.

- Eng dahshatlisi-chi?

- CHempionlar ligasidan chiqib ketish. Haligacha bu tinchlik bermaydi. Men uchun o'sha bahs yanada yomonroq kechgandi: bellashuvni Turinda o'tirib kuzatdim. Dahshatli oqshom bo'ldi: derazadan qor yog'ayotgani ko'rinib turardi, uyda bir o'zim o'tirib, jamoaga yordam bera olmasdim. Jamoa bilan birga bo'lsam, kiyinish xonasida bunday mag'lubiyatga dosh berishimga yordam bo'lardi. O'shanda vazifani uddalaganimizga ishongandim, yakungacha oz qolgandi. To'p noaniq yoki autga chiqib ketganda biz keyingi bosqichga yo'l olardik. Bu juda og'riqli, uni yana eslashga majbur qilmang.

- Mavsumdagi eng kulguli holat-chi?

- Jamoamizda hazilkashlar ko'p. Pol hammadan ko'ra o'yinlarni yoqtiradi. Pereyra hammaga har xil yondoshadi. Hazil qiluvchilar tez-tez o'zgarib turadi.

- Qaysi golingizni eng yaxshi deb hisoblaysiz?

- “Sassuolo”ga qarshi o'yindagini. Bunday zarbalarni mashg'ulotlarda sinab ko'rardim va o'yinda ham tepishni istadim. O'yladim va o'sha joyga to'pni yo'naltirdim.

- Eng qiyin gol qaysi?

- “Kevo” darvozasiga penalti. Biz bir to'p farqi bilan yutqazayotgandik. Men kam o'ynadim, tanqid qilishayotgandi. O'sha payt jamoa uchun eng qiyin holatlardan biri bo'lgandi. O'yin tugashiga oz vaqt qolganda o'sha penaltini tepish oson bo'lmadi. Lekin to'pni ushladim va tepishga qaror qildim.

- Jamoada eng muhim do'stingiz kim?

- Klaudio Markizio. U meni birinchi kundanoq qo'llab-quvvatladi.

- Eng aqllilari kimlar?

- Buffon, Evra va boshqa faxriylar. Ular kiyinish xonasida o'zlarini xotirjam tutishadi. Yoshlar ko'proq hazillashish va quvnoqlikni xohlaymiz. Ular doim etiborlarini o'yinga qaratishadi.

- Jamoada faxriylarning yordami haqida gapirishadi. Aynan nimalarda ularning yordami tegadi?

- Ular bizni kerak bo'lganda xursandchilik qilish va ishlashga o'rgatishadi. “Yuve”ning o'ziga xosligini tushuntirishadi, qanday ishlash va muhit qandayligini tushunishga yordam berishadi. SHu mavzuda kiyinish xonasida yig'ilish bo'lgandi. Boshqa narsa ayta olmayman, u erdagi gaplar oramizda qolishi kerak.

- Bolalikda Ronaldinodan boshqa kumirlaringiz bo'lganmi?

- Rikelme - uning o'yinlaridan aqlimni yo'qotardim. O'shanda “Boka” juda kuchli jamoa edi va otam menga ularning o'yinini ko'rishga ruxsat berardi. Afsuski, “Bombonera”da biror marta bo'lmaganman, ammo televizor orqali uchrashuvlarni kuzatardim. Yana bir safar Kordoba shahriga kelganda stadionga tushgandim. Biroq “Bombonera”da o'ziga xos afsun bor deyishadi.

- Haligacha kumirlaringiz bormi?

- Yo'q, faqat o'rnak uchun insonlar bor. Masalan, terma jamoa va “Yuventus”dagi do'stlarim. Endi o'zim ham bolalar uchun kumir bo'lishim kerak.

- Messi bilan solishtirishlari sizga qanday tasir qiladi?

- Buni eshitish yoqimli. Bu mehnat qilib, professional munosabat bilan buyuklardan biriga aylanishim mumkinligini bildiradi. Lekin Messi mening yoshimda “Oltin to'p”ni yutib bo'lgandi. Maqsadim sovrinlarni qo'lga kiritib, unga yaqinlashishdan iborat. Tarixlarimiz turlicha: u 17 yoshda “Barselona”da debyut qilgan.

- U bilan terma jamoa yig'inida tanishdingizmi?

- Ha. Men ozroq hayajonlandim. Kumiring bilan tanishganda hamisha shunday bo'ladi. U bilan mashq qilish nasib qilmagani afsuslanarli.

- Italiya futboli haqida qanday fikrlarga egasiz?

- Bu erda ko'p va yaxshi himoyalanishadi. Bu taktik futbol: kichik jamoalar Ispaniyadagi kabi 8talab to'p o'tkazishmaydi. “Atletiko” La Ligada buni o'zgartirmoqda, Italiyada esa o'ynash yanada qiyinroq bo'lib bormoqda. Messi va Krishtianu Ronaldu Italiyada bir mavsumda 80-90talab gol ura olmasdi. Iguain singari 30-40ta urishar, lekin 80ta emas.

- Nima uchun Italiyada Argentinaga qaraganda kamroq iqtidorlar yuzaga chiqmoqda?

- Bizda iqtidorli futbolchilarni darhol birinchi jamoaga yuborishadi va 17-18 yoshda ular jismonan haqiqiy futbolga tayyor bo'lishadi. Ular tezroq o'sadi va zarbalarga dosh berishni o'rganadi. Bu erda shunday yoshda debyutantlarni kam ko'rdim. Donnarumma bor. Yana Pogba, ammo u italyan emas. Italiyada asosan yoshi katta o'yinchilarga etibor qaratiladi. Iqtidorli futbolchilar o'zlarini ko'rsatishi qiyin va bu ularning o'sishiga xalal beradi.

- Faoliyatingiz Buffon yoki Del Peroniki kabi bo'lishi mumkinligini tasavvur qilasizmi?

- O'ylashimcha, ha. Ularning faoliyati meni ilhomlantiradi. Bir jamoada 20 yil o'ynash seni haqiqiy yodgorlikka aylantiradi. Lekin bunday vada bera olmayman, chunki hamma narsa menga bog'liq emas. Ularning faoliyatini takrorlash va “Yuventus” bilan ular yutgan sovrinlarni qo'lga kiritish ajoyib bo'lardi.

- 21-raqamni o'zingizda qoldirasizmi yoki bo'shab qolgan taqdirda 10-raqamni olasizmi?

- Hozir 10-raqam band va u hali ancha band bo'ladi deb umid qilaman. 10-raqamni olishdan xursand bo'lardim, lekin hozirgi raqamim ham o'zimga yoqadi. “Yuventus” uchun bu raqamda Zidan va Pirlo o'ynagan – ikki ajoyib o'yinchi. Bu raqam boy tarixga ega va uni xursandchilik bilan o'zimda saqlayman.

- Konte sizni mahalliylashtirib, Italiya terma jamoasiga jalb etmoqchi bo'lgandi.

- Konte meni chaqirmadi, shunchaki uchinchi tomon uning maqsadini etkazdi. Rad etish oson bo'lmadi, chunki Italiya 4 marta jahon chempionatini yutgan. Argentinada esa ular ikkita xolos. Lekin o'zimni argentinalik deb hisoblayman va Italiya terma jamoasi libosini manfaat yuzasidan kiyish hurmatsizlik bo'lardi. Argentina terma jamoasidagi keskin raqobatni bilaman, biroq men argentinalikman.

- “Yuventus” shunchalik buyuk bo'lishini kutganmidingiz?

- Tashkiliy ishlar yuqori darajada qilinadigan klubda paydo bo'lishimni kutgandim, ammo bunchalik emas. Klub va unga sharoitlar yaratish uchun mehnat qilayotgan odamlar soni hayratlantiradi. O'yinchilar faqat futbol haqida o'ylasa etarli. Ko'p insonlarni televizorda ko'rmaysiz, ammo ular g'alabalarimiz uchun imkon qadar barcha ishni qilishadi. Hech kim tanimasa-da, Skudetto ularga ham tegishli.

- “Yuventus Stedium” maydoniga chiqib kelayotib, nimalarni his qilasiz?

- Raqib sifatida qo'rquvni. Nima haqida gapirayotganimni bilaman. Birinchi bor “Palermo” bilan kelganimda juda qiyin bo'lgandi. Tribunalar juda yaqin bo'lgan muhitda diqqatni jamlash qiyin. “Yuventus” libosida esa osonroq bo'ladi, chunki raqiblar ko'zida o'zim ilk bor kelgandagi qo'rquvni ko'raman. Italiyada boshqa bunday stadion yo'q. Yana unda Italiyadagi eng kuchli jamoaga qarshi o'ynashga to'g'ri keladi.

- Futbol qoidalarida nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

- Bilmayman, qiyin savol. Balki, iqtidorli futbolchilarni ko'proq himoya qilardim. Ular ko'p zarbalarni qabul qilib olishadi. Meni ham tez-tez tepishadi, biroq bu professional tavakkallik va o'yin uslubimning bir qismidir. Himoyachilar qo'pollik qilishga majbur poziciyada o'ynayman. SHikoyat qilishdan foyda yo'q, chunki hakamlar menga sariq kartochka berishadi. Zarbalarni jim qabul qilaman.

- Turin bilan munosabat qanday shakllandi?

- Turin – mo'jizaviy shahar. Bu erda menga hamma narsa yoqadi. SHaxsiy hududimni hech kim buzmaydi. Odamlar juda tarbiyali. Turinda “Superga”ni yoqtiraman. U erdan shaharni juda yaxshi kuzatish mumkin. “Grande Torino” xotira joyida bo'ldim va o'sha jamoa bilan sodir bo'lgan hodisadan afsuslandim. Uyimdan ham uni ko'rib turaman.

- CHap oyog'ingiz iqtidor natijasimi yoki qatiy mehnat?

- Menga o'rganish yoqadi. O'yinlarimni qaytadan ko'rib, xatolarimni tushunishga intilaman. Maydonda mashq qilish eng muhim narsa. Haftasiga ikki soatdan jarima to'pi tepishni mashq qilsa, erta yoki kech buni o'rganib olasan.

- Pirlosiz jarima to'pi tepishni qanday hal etdinglar?

- Pirlo bilan jarima to'pi penaltidan yaxshiroq edi. Endi o'ng tarafdan men, chapdan Pogba, Ernanes va Bonuchchi o'zaro bahslashadi. Pol haftasiga ikki marta jarima zarbasi tepishni mashq qilmoqda va uning o'sgani ko'rinib turibdi.

- Futbolchi Dibala qanday paydo bo'ldi?

- To'rt yoshida. Uch aka-uka edik va otam yurishni o'rganishimiz bilan to'p bergandi. Katta akamga iqtidor etishmadi, ikkinchisi ajoyib o'ynardi, faqat harakatsiz. Keyin men paydo bo'ldim. 10 yoshda jamoa safiga qo'shildim, keyin debyut qildim. U erda 7 yil o'tkazib, Italiyaga keldim. Bog'imizda o'ynayotganim va to'pning mendan kattaroq ekani aks etgan surat bor. Argentinada bu odatiy holat.

- Futbolchi bo'lmasangiz nima bilan shug'ullanishingiz mumkinligi haqida o'ylab ko'rganmisiz?

- Yo'q, bu savolni berishga vaqt bo'lmagan. Hamisha futbol o'ynashni xohlaganman va istagimni katta maktabgacha ro'yobga chiqargandim. O'rtoqlarim qaysi kasbni tanlash haqida bosh qotirib yurganda men Palermoga ketayotgandim.

- Palermoga bog'liqlikni saqlab qolganmisiz?

- SHahar menga katta yordam bergan, jamoadan tashqarida ham do'stlarim bor. U erga doim bajonidil qaytaman, garchi oxirgi safar menga hushtak chalishgan bo'lsalar ham. U Italiyaning Janubiy Amerikasiga o'xshaydi.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика