Paulo Dibala: "Messidan ko'p narsani o'rganishim mumkin"
12 sen 2017 12:51
Yangiliklar
Paulo Dibala: "Messidan ko'p narsani o'rganishim mumkin"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala "Barselona" forvardi Lionel Messi bilan to'p tepish oson emasligini tan oldi.
"Messi bilan bir chiziqda o'ynaymiz va men undan ko'p narsa o'rganishim mumkin. Masalan, o'yinni o'qiy olish, jamoadagi futbolchilar harakatlarini ko'ra olishini. Kelajakda bularning hammasi men uchun foydali bo'lishi mumkin. Albatta, bunaqa darajadagi futbolchi bilan birga o'ynash katta omad. Lekin Messi bilan o'ynash men uchun qiyin, chunki biz bitta chiziqda harakat qilamiz. Har qanday vaziyatda men unga moslashishim kerak va Leo maydonda o'zini qulay his qilishi uchun harakat qilishim shart" - deydi Dibala.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Кападзе "Навбаҳор"даги дебютида Самарқандда "Динамо"ни енгди
Суперлига. Амалдаги чемпион "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик
Fikrlar