Patris Evra: "Qanday o'ynashimizdan qatiy nazar bizga ketma-ket 10ta g'alaba kerak, "
01 noy 2013 16:48
Yangiliklar

Patris Evra: "Qanday o'ynashimizdan qatiy nazar bizga ketma-ket 10ta g'alaba kerak, "
"Manchester Yunayted" himoyachisi Patris Evra, natijalarni qo'lga kiritishda jamoa barqarorlikni qaytarib olishi lozim ekanini takidlamoqda.
"Muammo yomon o'ynayotganimizda emas, etarlicha yaxshi o'ynay olmayotganimizda. Biz barqarorlikni yo'qotdik. Agar sovrinlar uchun kurashishni istasak uni darxol qaytarishimiz talab etiladi. Endi bir o'yinni yutib, ketidan keyingisini yutqazish yoki durang qayd etish yaramaydi. Endi har bir o'yin muhim".
"Hozir biz ketma-ket ikki-uchta o'yinda g'alaba qozonmoqchimiz. Biroq ketma-ket 10 o'yinni g'alaba bilan yakunlasakkina, "Manchester Yunayted" avvalgi darajasiga qaytdi, deb ayta olaman. Hozircha esa bunday deb bo'lmaydi", dedi Evra.

Fikrlar