Patrik Vieyra “Lion”ga bosh murabbiy bo'lishi mumkin
16 apr 2019 09:45
Yangiliklar


Patrik Vieyra “Lion”ga bosh murabbiy bo'lishi mumkin
“Lion” yangi mavsum oldidan yangi bosh murabbiyga ega bo'ladi.
Mavsum yakunida “Lion”ning amaldagi bosh murabbiyi Bruno Jenezio jamoa tark etadi. Uning o'rniga ayni damda “Nicca”ni boshqarayotgan 42 yoshli Patrik Vieyra nomzodi ko'rib chiqilmoqda. Vieyradan tashqari Kristof Galte (“Lill”) va Marselo Galyardo (“River Pleyt”) nomzodlari ham keltirilgan.
Malumot uchun, “Lion” ayni damda Franciya chempionatida 32 ta turdan so'ng 56 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar