Patrik Klyuyvert: "Liverpul"ni Angliya chempioni sifatida ko'ryapman"
15 apr 2019 00:50
Yangiliklar


Patrik Klyuyvert: "Liverpul"ni Angliya chempioni sifatida ko'ryapman"
"Barselona" klubining sobiq futbolchisi Patrik Klyuyvert "Liverpul" - "CHelsi" o'yini haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
O'yin juda murosasiz va shiddatli kechdi. Uchrashuvning 51 va 53-daqiqalarida Mane hamda Salah kiritgan gollar mersisaydliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng Patrik quyidagicha izoh qoldirdi:
"Liverpul"ni Angliya chempioni sifatida ko'ryapman", deya Tvitter sahifasida yozdi Klyuyvert.
"Liverpul" 85 ochko bilan APL peshqadami bo'lib turibdi. Undan bitta o'yin kam o'tkazgan "Manchester Siti" hisobida 83 ochko bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar