Pato MLS klubidan taklif oldi
10 fev 2021 16:04
Yangiliklar
Pato MLS klubidan taklif oldi
"Orlando Siti" forvard Aleshandre Pato bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
Amerika klubi 31 yoshli hujumchiga 2 yillik shartnoma taklif qildi. Etiborlisi, "Argentinos Xuniors" klubi ham futbolchiga shunday taklif bilan chiqqan.
Pato oldinroq "Milan"ga qaytishni xohlashi haqida aytgan edi. Ammo "rossonerilar" Mario Manjukich bilan shartnoma imzolashni maqul ko'rishgan edi. Braziliyalik futbolchida Evropadan jiddiy takliflar yo'q, shu sabab u faoliyati Lotin Amerikasi yoki AQSHda davom ettirishi mumkin.
Pato ayni damda erkin agent sanaladi. Futbolchining so'nggi klubi "San-Paulu" bo'lgan va u jamoani 2020 yilning avgustida tark etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar