Parvanov, Usmonxo'jaev, Kamolov va ikki afrikalik futbolchi "Andijon" yig'inida
07 fev 2014 12:53
Yangiliklar

Parvanov, Usmonxo'jaev, Kamolov va ikki afrikalik futbolchi "Andijon" yig'inida
Andijonliklar bugundan navbatdagi yig'inga kirishdi.
Futbolchilar rejadagidek bugun Toshkentda yig'ildi.
Jamoa yig'iniga bir qator yangi futbolchilar qo'shilganini aytish lozim.
Xususan oldinroq xabar berganimizdek, Mirzakamol Kamolov yana "burgutlar" safiga qaytgan. Undan tashqari "Loko"ning sobiq o'yinchilariga aylanib ulgurgan darvozabon Artur Parvanov bilan yarim himoyachi Sobir Usmonxo'jaev ham ayni damda andijonliklar bilan birga.
SHuningdek Afrikadan tashrif buyurgan "Mark Stars" jamoasining ikki nafar azosi ham "Andijon" yig'iniga kelib qo'shilgan. Hozircha bu futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda.
Norasmiy malumotlarga ko'ra, yaqin kunlarda tajribali markaziy yarim himoyachi Sanjar Asqaralievning ham "Andijon" ixtiyoriga etib kelishi kutilmoqda.

Fikrlar