Parti "Yuventus"ga o'tishi mumkin
22 iyu 2023 19:27
Yangiliklar
Parti "Yuventus"ga o'tishi mumkin
"Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning malum qilishicha, turinliklar 30 yoshli yarim himoyachiga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Qayd etilishicha, futbolchining o'zi ham transferga qarshi emas, biroq “Arsenal” Partini “Yuventus”ga qo'yib yuborishga tayyormi yoki yo'qmi, bu hozircha aniq emas.
Manbaning xabarga ko'ra, "keksa sinora" ganalik yarim himoyachi uchun "kanonirlar"ga 18-20 million evro taklif qilishi mumkin.
Oxirgi mavsumda Parti barcha turnirlarni hisobga olganda 40 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urgan. Futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Fikrlar