"Parma"dan ochko echilishi mumkin
14 fev 2015 10:44
Yangiliklar


"Parma"dan ochko echilishi mumkin
"Parma" 2014 yilning iyul, avgust va sentyabr oylari uchun futbolchilar oldidagi qarzi sabab ochko echilishi bilan jazolanishi mumkin.
Jazo darajasini tartib-intizom qo'mitasi belgilaydi. Klub rahbariyatida futbolchilarning maoshini to'lashni boshlash uchun dushanbagacha vaqt bor. Aks holda o'yinchilar jamoa bilan sudlashadi.
Oldinroq "Parma"ning moliyaviy tangligi uchun klubdan bir ochko olib tashlangan edi. "Parma" A Seriyada 22-turdan so'ng 9 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi o'rnini egallab turibdi.

Fikrlar