"Parma" Miranchukni sotib olishdan bosh tortdi
31 iyu 2020 20:59
Yangiliklar
"Parma" Miranchukni sotib olishdan bosh tortdi
Italiyaning "Parma" klubiga "Lokomotiv" (Moskva) yarim himoyachisi Aleksey Miranchukni sotib olish taklif qilingan.
Calciomercato nashri xabar berishicha, italyan jamoasi rahbarlari rossiyalik futbolchiga ortiqcha baho berilgani, 18 mln evro u uchun haddan tashqari ko'pligini takidlagan va transferdan voz kechgan.
Malumot uchun, RPLning o'tgan mavsumida 27 uchrashuvda maydonga tushgan Aleksey Miranchuk 12 gol, 5 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Rus matbuoti unga "Yuventus", "Milan" singari klublar davogarlik qilayotgani haqida bong urayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar