Parlor: "Agar "Tottenxem" shunday o'ynashda davom etsa, ularda sovrin uchun imkoniyat bo'ladi"
25 dek 2018 17:59
Yangiliklar
Parlor: "Agar "Tottenxem" shunday o'ynashda davom etsa, ularda sovrin uchun imkoniyat bo'ladi"
"Arsenal" sobiq futbolchisi Rey Parlor "Tottenxem"ning joriy mavsumdagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Tottenxem"ni hisobdan chiqarmaslik kerak. Sovrin uchun "Liverpul" va "Manchester Siti" kurashishini aytgan edim. Hozir "shporlar" "shaharliklar"dan 2, "Liverpul"dan esa 6 ochko orqada. Agar ular shunday o'ynashda davom etishsa, "Tottenxem"da sovrin uchun imkoniyat bo'ladi. "Everton"ga qarshi bahsda ular ajoyib o'yin ko'rsatishdi va umuman mavsumni yaxshi o'tkazishmoqda. Bu jamoa hozirgacha durang qayd etgani yo'q" - deydi Parlor.
Fikrlar