Parimatch Premer Kubogi. “Rostov” Serbiya jamoasini engdi, SHomurodov esa 2020 yildagi ilk golini urdi
04 fev 2020 22:00
Yangiliklar


Parimatch Premer Kubogi. “Rostov” Serbiya jamoasini engdi, SHomurodov esa 2020 yildagi ilk golini urdi
Uchrashuvni zaxiradan boshlagan Eldor SHomurodov 19-daqiqada Matias Normanning o'rniga maydonga tushdi. SHundan keyin, bo'lim o'rtalarida Eldorning say-harakatlari evaziga Pavel Mamaev hisobni ochdi. 2-taym boshida Aleksandr Dolgov oradagi farqni oshirdi. 73-daqiqada esa SHomurodov bosh bilan gol urib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0. Bu o'zbekistonlik hujumchining joriy yildagi ilk goli bo'ldi.
Asosiy bo'limning oxirlarida “Partizan”ning nigeriyalik futbolchisi Umar Sodiq raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi va o'yin 3:1 natijasi bilan yakunlandi.
"Partizan" (Serbiya) – "Rostov" (Rossiya) – 1:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – Mamaev (32), 0:2 – Dolgov (57), 0:3 – SHomurodov (73), 1:3 – Sodiq (87, penalti).
"Rostov": Pesyakov, Kozlov (Logashov, 60), Xadjikadunich (CHistyakov, 48), Osipenko (Kojemyakin, 60), CHernov (Vedernikov, 72), Eremenko (Livadnov, 83), Normann (SHomurodov 19), Popov (Bezrukov, 72), Mamaev (Saplinov, 60), Zaynutdinov (Osinov, 67), Bayramyan (Dolgov, 48).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar