Pardyu: "Benteke o'z gollari bilan "Kristal Pelas"ning muammolarini hal qiladi"
21 avg 2016 18:14
Yangiliklar
Pardyu: "Benteke o'z gollari bilan "Kristal Pelas"ning muammolarini hal qiladi"
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Alan Pardyu jamoaning yangi hujumchisi Kristian Benteke haqida fikr bildirdi.
25 yoshli futbolchi "burgutlar" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
"Benteke - mahsuldorlikni oshirish uchun tashlagan ilk qadamimiz. Bizda gol borasida muammolar bor, jamoa buni katta qiyinchilik bilan amalga oshirmoqda va Benteke bu muammoni hal qiladi deb o'ylayman" - deydi Pardyu.
Fikrlar