PAOK murabbiyiga pivo bankasi otilganligi tufayli "Panatinaikos" jarimaga tortildi
30 may 2017 12:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/256616_original.jpg)
![](/upload/storage/256616_220.jpg)
PAOK murabbiyiga pivo bankasi otilganligi tufayli "Panatinaikos" jarimaga tortildi
PAOKka qarshi Greciya chempionatining pley-off uchrashuvida muxlislarning tartibbuzarligi tufayli "Panatinaikos" jarimaga tortildi.
O'yinning 58-daqiqasida, hisobda "Panatinaikos" 1:0 hisobida oldinda bo'lgan paytda tribunadan pivo bankasi uloqtirildi va u PAOK bosh murabbiyi Vladimir Ivichning boshiga tegdi. Uchrashuv to'xtatildi, murabbiy esa tekshiruv uchun shifoxonaga olib ketildi.
Malum bo'lishicha, Greciya Superligasi rahbariyati "Panatinaikos"ga texnik mag'lubiyat yozdi (0:3). SHu bilan birga klubdan 3 ochko olib qo'yldi.
Bundan tashqari, "Panatinaikos" 41,5 ming evro jarima to'laydi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar