Pandev g'alati rekord o'rnatdi
21 fev 2021 14:33
Yangiliklar


Pandev g'alati rekord o'rnatdi
"Jenoa" hujumchisi Goran Pandev zaxiradan maydonga tushish borasida A Seriya rekordini o'rnatdi.
A Seriyaning 23-turi doirasida "Verona"ga qarshi o'yinda Goran 155-marta zaxiradan maydonga tushib, bu boradagi peshqadam Serjo Pellissedan o'tib ketdi.
Ushbu mavsumda 37 yoshli Pandev "Jenoa" tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi. Bunga qadar u "Inter", "Lacio" va "Napoli" kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar