So’nggi yangiliklar

09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  1 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  10 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5

Pandemiya hali tugamadi: JCH saralash o'yinlari yana ko'chiriladi Yangiliklar

Pandemiya hali tugamadi: JCH saralash o'yinlari yana ko'chiriladi

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining telegram kanalida JCH saralash o'yinlari yana ko'chishi mumkinligi malum qildi.

"JCH-2022 va Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichi o'yinlarining mart oyidan iyun oyiga ko'chirilishi va davom etayotgan pandemiya sabab OCHLda qatnashadigan Xitoy klublarining ishtirokiga minus tasir qilishi mumkin".

"Xitoy OAV yozishicha, OCHLda qatnashadigan to'rtta klubning birortasi markazlashgan musobaqada eng kuchli tarkibi bilan o'ynay olmaydi. Agar guruh bosqichi bellashuvlari aprel-may oylarida tashkil qilinsa, klublar Xitoyga qaytib o'zlarining asosiy futbolchilarini 2-3 hafta karantinda qolishlarini xohlamaydi", - deb yozadi Alisher Fayzullaevich. 

Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi markazlashgan tartibda o'tkazilishidan xabaringiz bor. SHuningdek, mart oyida JCH saralash bahslari bo'lib o'tishi lozim edi. Taqvimga ko'ra, O'zbekiston MTJ 30 mart kuni safarda Yaman mehmoni bo'lishi lozim edi, biroq bu o'yin sanasi yana o'zgaradi. 

Bizga malum bo'lishicha, OFK JCH saralash o'yinlarida ishtirokini davom ettirayotgan mamlakatlar bilan 16-17 fevral kunlari uchrashuv o'tkazgan hamda mart oyidagi o'yinlarni yozga ko'chirish masalasini ko'rib chiqqan. Bu haqda aseanfootball.org saytida ham malumot chop etilgan. Bu masala bo'yicha 25 fevralda yakuniy onlayn yig'ilish bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

SHunday bo'lgan taqdirda to'xtab qolgan JCH saralash bahslari 3, 7, 11, 15 iyun kunlariga belgilanadi. OFK o'yinlar sanasi o'zgarganini rasman malum qilganidan so'ng O'zbekiston ishtirokidagi bahslar quyidagicha ko'rinish oladi. 

7 iyun. Yaman - O'zbekiston

11 iyun. O'zbekiston - Singapur

15 iyun. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston

Hozircha Singapur va Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinlar sanasi o'zgargani yo'q. Avvaldan belgilanib qo'yilganidek, oxirgi ikkita uchrashuvimiz 11 va 15 iyunga qo'yilgan. Lekin pandemiya davom etar ekan, har narsa bo'lishi mumkin. Hozircha esa martdagi o'yinlar bo'lmasligini ayta olamiz, xolos.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика