Pako Alkaser: “Qabul qilgan qarorimdan mamnunman”

10 okt 2018, 07:50
“Borussiya D” hujumchisi Pako Alkaser o'zining “Barselona”da kyetib, nemis klubiga o'tishi haqida gapirdi.

“Maydonda doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish hamda kasbimdan rohatlanish uchun boshqa jamoaga o'tishga qaror qildim. Messi va Suares “Barselona”da ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, u yerda o'yin amaliyotiga ega bo'lish juda qiyin edi. Hozir qabul qilgan qarorimdan mamnunman. Birinchi kundan boshlab men duch kelgan savollarga bu yerda hamma javob va yordam bermoqda. Men yaxshi moslashib oldim. Bu yerda ekanligimdan va “Borussiya”da ko'rsatayotgan o'yinimdan juda ham xursandman. Men shunday darajada o'ynashda davom etishim kerak. Mening vazifam jamoaga yordam berish. Shunday ekan, maydonga tushar ekanman bu imkoniyatdan maksimal tarzda foydalanishga harakat qilaman”,-deydi hujumchi.

Ma'lumot uchun, Germaniya chempionati o'tgan turirda Pako zaxiradan maydonga tushib, xet-trikga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Espana