Pakhtakor.uz: Prevyu, 14-tur: "Paxtakor" - "Nasaf"
25 iyu 2015 23:32
Yangiliklar

Pakhtakor.uz: Prevyu, 14-tur: "Paxtakor" - "Nasaf"
26 iyun, juma kuni “Paxtakor” oliy liganing 14-turida “Nasaf”ni qabul qiladi.
Mazkur bellashuv har ikki jamoa uchun muhim sanaladi. Jamoamiz chempionlik mavqeini saqlab qolish sari kurashni davom ettirayotgan bo'lsa, qarshiliklar ham yuqori o'rinlar uchun kurashib, 4-pog'onani egallab turishibdi.
Hozirgacha jamoalar oliy ligada 36 bor maydonga tushishgan. “Paxtakor” 20, “Nasaf” 7 uchrashuvda zafar quchgan. 9 bahs durang bilan yakunlangan. To'plar nisbati 51-27, jamoamiz foydasiga. Toshkentdagi 18 o'yinning 15tasida “Paxtakor” g'alaba qozongan. 2 bellashuv durang va bir uchrashuv Qarshi jamoasi muvaffaqiyati bilan tugagan. “Nasaf” Toshkentdagi o'yinlarda oxirgi marta 2004 yil to'p kiritgan. 10 mavsumdan buyon raqiblarga poytaxtda gol urish nasib qilmagan.
Oliy liganing 14-tur markaziy bahsi "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi 26 iyun, juma kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:30da boshlanadi.
O'yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.
"PAXTAKOR" - "NASAF"
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamid Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Rustam Toshmuhammedov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: Vyacheslav Valickiy (Toshkent).

Fikrlar