Paketaning agenti PSJ bilan muzokara olib bormoqda
09 jan 2020 01:15
Yangiliklar


Paketaning agenti PSJ bilan muzokara olib bormoqda
"Milan" yarim himoyachisi Lukas Paketa tez orada PSJ o'yinchisiga aylanishi mumkin.
Bu haqida mashhur Italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
PSJ sport direktori Leonardo o'z hamyurti bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda. 22 yoshli braziliyalik futbolchining agenti Eduardo Uram allaqachon francuz klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o'tamiz, Paketa "Milan" safiga 2019 yilning yanvarida "Flamengo" klubidan kelib qo'shilgandi (35 million evro evaziga).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar