So’nggi yangiliklar

17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  1 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  0 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  5 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  10 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  2 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6 12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  1 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  4 11:42Хёйсен яқин соатларда "Реал"да тиббий кўрикдан ўтади  23 11:1838 ёшли Варди нима учун фаолиятини якунлаш нияти йўқлигини тушунтирди  1 10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  2

O'zPFL vs "Andijon". Kim haq? Muammo nimada? Yangiliklar

O'zPFL vs "Andijon". Kim haq? Muammo nimada?

Raqibiga nisbatan ancha kuchli ko'ringan, yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan "Andijon" Pro liganing 3-turida safarda "Xorazm"ga mag'lub bo'ldi.

Albatta mazkur mag'lubiyatni futbol ommasi kutilmagan holat sifatida qabul qildi. CHindan ham shunday. CHunki bu o'yinda hurmatni saqlagan holda aytamanki, ustunlik mehmonlar tomonida turgandi.  Keling quyida o'yin va o'yin atrofidagi tafsilotlar borasida fikr yuritib ko'rsak. 

1. Kumikovdan kutilmagan tarkib va jumboq

Boshlang'ich tarkiblar elon qilingach Viktor Kumikov nima uchundir legionerlar xizmatidan foydalanmagani jumboqdek tuyuldi. Bir hayolim raqibga bepisand qarab yoshlarni tushirgan degan joyga ketgan bo'lsa, ikkinchi hayolim biz bilmagan jihatlar bo'lishi ehtimoli bor edi. CHunki avvalgi 2ta turda Kumikov legionerlarga ishonch bildirdi. Keyin bilsak "Xorazm" bilan o'yindan avval klubga O'zPFL tomonidan legionerlar borasida taqiq kelib tushgan. 



2. Keyin bilsak...

Bizga malum bo'lishicha, bunga sabab -  qarzdorliklar. O'zPFLning bu boradagi poziciyasini bilish maqsadida Diyor Imomxo'jaev bilan bog'landik:

 "Klubning juda katta qarzlari bor. Deylik Jasur Jaloliddinov "Andijon"dan so'ng 2ta klubda to'p tepdi. Futbolchi hali hamon pulini olmagan. Bundan buyon qattiq turmasak bo'lmaydi. Transfer yopilishiga bir kun qolganda kelishdi. Yakunda kafolat xati yozdirdik. Kimga qancha va qachon to'lashi bo'yicha klubga sxema qilib berganmiz. Klub bilan kelishganmiz. To'laydigan muddatlarini imzolab bergan. SHuni ham kechiktirishmoqda",- deydi O'zPFL direktori



3. Hali mavzu yopilmagan

SHaxsan meni o'ylantirgan jihat shu bo'ldiki, klubning legionerlariga avvaldan taqiq bo'lgan. Ammo "Xorazm" bilan o'yinga ozgina qolganda ruxsat berilgan. Ochig'i mazkur holatni tushunmadim. O'zPFL direktori buni shunday izohladi: "Biz uchun klubni jazolashdan ko'ra futbolchilarga qarzdorliklarini to'lattirib berganimiz yaxshi. Turli bahonalarni keltirishgach oxirgi kafolat xatini oldik. Bu mavzu yopildi, deganimas. Keyingi turlarda yana tushmaslik ehtimoli ham bor",- deydi Diyor Imomxo'jaev.



4. Xulosa

Mavzudan shunday xulosaga kelish mumkinki, bu erda O'zPFLning aybi rasmiy sayti orqali futbol ommasiga ushbu vaziyat haqida xabar bermaganida. CHunki buni hamma turlicha talqin qildi. "Andijon"ning aybi hali hamon qarzdorliklarni bartaraf etmay vajlar keltirayotganida. Oxiri nima bo'ladi? Klub tezroq avvalgi futbolchilar va boshqa xodimlari bilan qarzdorlikni bartaraf qilishi shart.  Aks holda legionerlar bilan bog'liq taqiq davom etishi mumkin. Har holda O'zPFL rahbarining yuqoridagi fikridan shuni angladik.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика