So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  2 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

O'zPFL U-13 hamda U-15 birinchiliklarini yangi formatda o'tkazadi Yangiliklar

O'zPFL U-13 hamda U-15 birinchiliklarini yangi formatda o'tkazadi

Osiyo futbol konfederaciyasining talabi bilan o'tkaziladigan professional futbol klublari qoshidagi U-13 va U-15 jamoalari turniri yangi bosqichga olib chiqiladi.

Bunda jamoalar bir mavsum avval qayd etgan natijasiga ko'ra, savatlarga taqsimlanadi.

Musobaqada Coca Cola Superliganing 14 hamda Pro-liganing 8 jamoasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etadi. Bunda 8 jamoa turnirni saralash bosqichidan boshlaydi. Ular orasidan ikki klub o'tgan mavsum natijalariga ko'ra eng yaxshi deb topilgan 14 klub qatoriga qo'shiladi. Yani, O'zbekiston Coca Cola kubogi formati amalda bo'ladi.

Final bosqichida 16 jamoa 4 guruhga taqsimlanadi. Har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa chorak final ishtirokchisiga aylanadi. Pandemiya sababli 2020 yilgi musobaqada barcha uchrashuvlar markazlashgan holda o'tadi va faqatgina bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi.

Rejaga ko'ra, har ikki musobaqaning saralash uchrashuvlari 4—6 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. U-13 musobaqasining final bosqichidagi guruh o'yinlari 14—20 sentyabr kunlari, pley-off o'yinlari esa 5—11 oktyabr kunlari o'tkaziladi.


U-15 turnirining guruh bosqichi 21—27 sentyabr kunlari, pley-off o'yinlari 5—11 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика