So’nggi yangiliklar

16:49Суперлига. 19-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", ОКМК, "Андижон" ва "Хоразм"да йўқотишлар бор  0 16:24"Ньюкасл" А Сериядан Исакка ўринбосар топди  0 15:55"Ньюкасл" Исакни жаримага тортади  0 15:32"Футбол олами". "Нефтчи" - "Насаф"ни мағлуб этди, водий дербисида "Андижон" "Навбаҳор"га ютқазди  1 15:29"Динамо" дарвозасига белгиланмаган пенальти, "Сурхон"нинг ҳисобга олинмаган голи. Суперлиганинг 18-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  1 15:08Франк Рибери, Роберто Карлос, Каннаварро, Матерацци ва бошқалар Ўзбекистонга келмоқда   8 15:05Каземиро "Манчестер Юнайтед" янги мавсумда АПЛ чемпионига айланади деб ҳисобламоқда  12 14:43Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧда қайси бренд либосларидан фойдаланиши маълум  47 14:27Элит ОЧЛга қуръа ташланди: "Насаф" "Ал Иттиҳод" билан сафарда ўйнайди, "Трактор" ва "Ал Ҳилол"ни Қаршида меҳмон қилади  24 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  7 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  1 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  38 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3

O'zPFL – qahramon. Etibordan chetda qolgan taklif va Turkiya yig'inlari haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

O'zPFL – qahramon. Etibordan chetda qolgan taklif va Turkiya yig'inlari haqida (Bekzod Tolibov blogi)

O'zPFL ortda qolgan mavsumda bitta emas, bir nechta turli musobaqalarni muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Superliga, Pro liga, Birinchi liga, U-21, U-19 chempionatlari, futzal, ayollar futboli va Students Cup musobaqasi. Bularning barchasi alohida chempionat sifatida butun boshli mavsumni qamrab olganini hisobga olsak, tashkilotchilarni qaysidir manoda hech bir mubolag'asiz qahramon deb aytish mumkin. Bu gaplarni saytda yozilishidan avvalroq o'rni kelib qolganida ularning o'zlariga ham aytdim. SHarhlovchi Dilshodbek To'xtabekov tabiri bilan aytganda, keling, tan olaylik, hozir O'zPFL yaxshi emas, ancha yaxshi ishlayapti.

Balki kimningdir yodida bordir, o'tgan mavsumning xuddi shu vaqtida O'zPFL Kubogi musobaqasini qayta tiklash taklifini o'rtaga tashlagandim. Etibordan chetda qoldimi, yoki endigina yakunlanayotgan pandemiya xavfi tufaylimi, bu taklif shunchaki saytning o'zida qolib ketdi. Har holda tashkilotchilar tomonidan ushbu musobaqani qayta tiklash borasidagi biron harakatni ko'rmadim. Hozir bu qanchalik o'rinli yoki o'rinsiz ekani haqidagi "dono fikrlar"ni chetga surib qo'ygan xolda, yana bir bor O'zPFL Kubogi musobaqasini tiklash bo'yicha taklifni qaytadan o'rtaga tashlamoqchiman.



Xo'sh, o'zi O'zPFL Kubogi biz uchun nimaga kerak? Milliy chempionatlarimizda qishki tanaffus yuzaga kelgan vaqtda futbol klublari mavsumoldi tayyorgarlik uchun sparring raqib izlay boshlashadi. Byudjeti yaxshiroq klublar xorij yig'ini tashkil etadi. Masalan, biznikilar Turkiyaga boradi. Ushbu davlatda "Antalya Cup” kabi musobaqalar tashkil etiladi, bu turnirlarda ko'proq yig'in o'tkazish maqsadida tashqaridan kelgan futbol klublari qatnashishadi. Yangi muhit va yangicha uslubdagi jamoalar bilan o'yinda murabbiylar turli taktik uslublarni sinovdan o'tkazib oladilar. Bundan tashqari, aynan shunday yig'inlarda tarkibga kelib qo'shilgan futbolchilarning imkoniyatlariga baho berishga imkon tug'iladi. Bu yaxshi, albatta. Yanada yaxshiligi shundaki, Turkiya yig'inida Evropa klublari bilan ham nazorat uchrashuvi o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi.

Endi siz va biz byudjeti kamroq klublar haqida ham o'ylab ko'rishimiz kerak. Xorij yig'ini tashkil etishni sharoiti ko'tarmaydi, sparring raqib izlab kelgan joyi doimgidek Toshkent bo'ladi. Futbol klublarining o'zlari ham yaxshi biladiki, masalan, "SHo'rtan" har hafta "Mashal" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazaverishi bu ikki jamoaning o'sishiga xizmat qilmaydi. Mavsumoldi tayyorgarlik uchun yangi, notanish jamoalar bilan nazorat uchrashuvini o'tkazish zarur. Vodiy va voha o'rtasidagi masofa yaqin emasligini hisobga olsak, bizga bu vaqtda ularni neytral xududda jamlash uchun Toshkentda norasmiy bo'lsa-da, bitta yaxshi musobaqa kerak. Tushunib turibman, O'zPFL vakillari oson bo'lmagan og'ir mavsum o'tkazishdi. Ular ham inson sifatida hordiq chiqarishga haqli. Ammo yana bir bor g'ayrat qilib, O'zPFL Kubogi musobaqasini qayta tiklab berishsa, byudjeti kamroq bo'lgan klublar uchun ayni muddao bo'lardi. Bu musobaqa aslida xorij yig'ini tashkil etadigan klublar uchun ham foydadan xoli bo'lmaydi. Masalan, "Navbahor"ning asosiy jamoasi Turkiyaga ketsa, yangi mavsumdan Pro ligada o'ynaydigan farm klubi bemalol ushbu turnirda qatnashsa bo'laveradi.



Musobaqa formati haqida vaqtingizni olib juda batafsil yozib o'tirmayman, chunki tashkilotchilarda bu boradagi tajriba etarlicha. Qisqacha aytganda, ishtirokchi jamoalar soniga qarab guruhlar shakllantiriladi. Dastlab guruh bosqichi o'yinlari tashkil etiladi va birinchi, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar pley-off bosqichiga yo'l oladi. Davomiylikda chorak final, yarim final va eng oxirida final o'yini. Har qanday musobaqaning ham finali o'z-o'zidan katta atmosferaga ega bo'lib ketaveradi. Translyaciya masalasi ham hozirgi kunda muammo emas, yoritish barcha uchun mumkin ekanligi malum qilinsa bo'ldi, o'z-o'zidan sahifasida obunachilarni ko'paytirish maqsadida yurgan blogeru-jurnalistlar har bir o'yinni turli tarmoqlarda jonli efirga olib chiqaverishadi. SHu joyida kichkinagina tushuntirish: tasavvur qiling, gap rasmiy turnir haqida ketmayapti. Bu o'rinda byudjeti kamroq klublarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan mavsumoldi norasmiy musobaqa taklifi berilyapti.

Ko'rib kuzatib boraman, Toshkent yig'iniga qo'shni davlatlardan futbol klublari ham kelib turishadi. Musobaqa tashkilotchilari imkoniyatdan kelib chiqib shu kabi xorij klublarni ham jalb etishi mumkin, bu albatta turnir darajasini yanada ortishiga xizmat qiladi.

Bekzod Tolibov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика