O'zPFL Osiyoda ayollar jamoalarini ham licenziyalash bo'yicha birinchilardan bo'ldi
03 mar 2022 07:40
Yangiliklar
O'zPFL Osiyoda ayollar jamoalarini ham licenziyalash bo'yicha birinchilardan bo'ldi
Osiyo futbol konfederaciyasi o'tgan yildan etiboran qitada ayollar futbolini rivojlantirish bo'yicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.
Xususan, o'tgan yili qita bo'yicha ilk bora ayollar jamoalari ham sinov tariqasida licenziyalashdan o'tkazildi. O'zbekiston Professional futbol ligasi kam sonli azo mamlakatlar qatorida ayollar klublarini ham licenziyalash jarayoniga jalb etdi.
Yakunda “So'g'diyona-W” hamda “Bunyodkor-W” Osiyo bo'yicha eng birinchi ayollar jamoalaridan bo'lib OFK licenziyasiga ega chiqishdi. 2022 yildan etiboran mazkur jarayon barcha qolgan azo davlatlarda ham majburiy tartibda tatbiq etiladi. 2023 yilda ayollar jamoalari o'rtasida ilk namunaviy 8 ta klub ishtirokida Osiyo CHempionlar ligasi tashkil qilinsa, 2024 yildan etiboran ayollar jamoalari uchun to'laqonli OCHLga start beriladi va unda faqat licenziya olgan klublargina ishtirok etadi.
Fikrlar