So’nggi yangiliklar

17:37Малайзия "CAFA Nations Cup 2025”да иштирок этмайди  0 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

O'zPFL kichraytirilgan yosh bilan ro'yxatdan o'tkazilgan yana uch futbolchi bo'yicha o'rganish boshladi Yangiliklar

O'zPFL kichraytirilgan yosh bilan ro'yxatdan o'tkazilgan yana uch futbolchi bo'yicha o'rganish boshladi

Teglar :  PFL
Bu holat futbol uchun yangilik emas.

Ammo O'zPFL unga qarshi kurash boshlaganini o'tgan yiliyoq elon qilgan hamda birinchi shunday ishni 2020 yilning 26 oktyabr kuni yopishga erishgandi.

Joriy yildan etiboran biz ilk professional shartnomasiga imzo chekayotgan futbolchilar ro'yxatini rasman ochiqlab bormoqdamiz. 2021 yilning qishki transferidan keyin ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro'yxati bilan shu havola orqali, shu yilning yozgi transferidan keyingi ro'yxat bilan esa mana bu havolada tanishib chiqishingiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-son Farmonida mamlakatda futbolni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammolar sifatida xalqaro va milliy darajadagi futbol musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarning biologik yoshini suniy kichraytirish kabi salbiy holatlarning mavjudligi qayd etilib, ushbu holatni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

SHundan kelib chiqib, O'zPFL yuqoridagi ikki ro'yxatni umumlashtirdi va biologik yoshini suniy kichraytirgan futbolchilar masalasi o'rganib chiqildi. Natijalar esa Coca-cola Superliganing ikki klubida umumiy uch nafar futbolchi shu yo'lni tanlaganini ko'rsatdi.

Bugun mazkur ikki klubga futbolchilarning hujjatlarini uning haqiqiy tug'ilgan yili bo'yicha rasmiylashtirilishini va bu holatni qonun doirasida hal etilishini 20 oktyabrga qadar taminlash uchun ogohlantirish xatlari yuborildi. SHuningdek, uch futbolchi vaqtinchalik O'zPFL ro'yxatidan chiqarildi. Klublar 20 oktyabrgacha vaziyatni o'nglamasa, o'tgan yili bo'lgani kabi O'zPFL ishni prokuraturaga qonuniy baho berish uchun oshiradi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика