So’nggi yangiliklar

19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

O'zPFL Jahon ligalari forumida o'z taqdimotini namoyish etdi Yangiliklar

O'zPFL Jahon ligalari forumida o'z taqdimotini namoyish etdi

Teglar :  PFL O'zPFL
Dunyoning 45 ta etakchi futbol ligalarini o'zida jamlagan Jahon professional futbol ligalari associaciyasining (WLF) 2023 yilgi umumiy yig'ilishiga Ekstraklasa (Polsha ligasi) mezbonlik qildi.

Unda Liga bosh direktori Diyor Imomxo'jaev hamda Klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zoxirjon Akramxonov ishtirok etdi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi mazkur tashkilotga 2022 yilda rasman qabul qilingandi. SHundan kelib chiqib, WLF bosh kotibi Jerom Perlemuter O'zPFL azolariga mamlakat ichki chempionati masalasida taqdimot o'tkazish taklifini berdi. Bu bizga barcha azo ligalar rahbarlari hamda mutaxassislari ko'z o'ngida O'zbekiston hamda uning futboli haqida taqdimot tashkil etish imkoniyatini yaratdi. SHu asosda WLF mutaxassislari tomonidan tayyorlangan va etakchi ligalar faoliyati, statistikalari hamda boshqa detallarini o'z ichiga olgan yillik sarhisobdan O'zPFL ham ilk marta joy oldi.

Quvonarli tomoni, taqdimot tashkilotning qolgan azolari tomonidan iliq qarshi olindi. Jumladan, AQSH, Angliya, Avstraliya, Belgiya, Polsha, Qatar, Latviya, Turkiya kabi ligalar rahbarlari forumdan keyin taqdimot yuzasidan o'zlarining ijobiy fikrlarini alohida bildirib o'tdi. SHuningdek, O'zPFL tomonidan 2023 yildan boshlab yo'lga qo'yilgan futbolchilar licenziyasi vazifasini bajaruvchi mikrochiplar hamda uchrashuv qaydnomalarini ikki daqiqa ichida to'ldirish imkonini beruvchi onlayn platformaga yuqori baho berildi.

Endilikda Ligamiz WLF tarkibiga kiruvchi ligalarning teng huquqli hamkori hisoblanadi. Bu holat biz uchun dunyoning istalgan TOP ligalari va klublari bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik qilish uchun yo'l ochadi. Yaqin kelajakda marketing, teletranslyaciyalar, muxlislar bilan ishlash kabi masalalarda qator seminar va uchrashuvlar tashkil etish rejalari ishlab chiqiladi.

Malumot uchun, mazkur yig'ilishda O'zbekistondan tashqari FIFA, IFAB, FIFPro, Evropa klublari associaciyasi, UEFA va Jahon mehnat tashkiloti vakillari, shuningdek, Polsha, SHveciya hamda AQSH ligalari vakillarining ham taqdimot va chiqishlari bo'lib o'tdi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика