So’nggi yangiliklar

14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  0 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  3 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  38 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  61 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  23 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  45 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0

O'zPFL barcha futbol musobaqalarini 15 avgustga qadar to'xtatdi Yangiliklar

O'zPFL barcha futbol musobaqalarini 15 avgustga qadar to'xtatdi

Karantin talablari kuchaytirilayotganidan kelib chiqib, O'zPFL o'z musobaqalarini tartibga solib keldi.

"Bunda tashkilot birinchi galda klublar duch kelishi mumkin bo'lgan muammolar hamda futbolchilar salomatligi masalasini birinchi o'ringa qo'ydi. 

Birinchi galda Birinchi liga va Ayollar chempionati musobaqasi, keyinroq esa futzal chempionati nomalum muddatga qoldirildi. Coca Cola Superliga hamda Pro liga musobaqasi esa davom ettirildi. Orada virus yuqtirib olgan futbolchilar aniqlangach, O'zPFL har ikki musobaqani avgustga qadar to'xtatishga qaror qildi.

Bugun — 27 iyul kuni O'zbekiston futbol associaciyasi respublikada karantin talablari 15 avgustga qadar uzaytirilganidan kelib chiqib, mana shu muddat davomida futbol uchrashuvlarini o'tkazmaslik bo'yicha tavsiya xatini taqdim etdi. Yani, terma jamoalar uchun masul tashkilot ham futbolchilar salomatligi masalasini birinchi planga olib chiqdi.

O'z navbatida O'zPFL ham mavjud holat, qolaversa, futbolchi va murabbiylar bilan bog'liq sharoitlar, mamlakatimizda hukm surayotgan karantin davri hamda undagi murakkabliklarni inobatga olib, barcha futbol musobaqalarini 15 avgustga qadar qoldirdi. Barchamiz uchun sog'ligimiz birinchi o'rinda. 

Musobaqaning qay tariqa tiklanishi, taqvim va format qay ko'rinishda bo'lishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritiladi. O'zPFL og'ir sharoitda barcha yurtdoshlarimizga sabr, matonat va salomatlik tilaydi", - deyiladi O'zPFL xabarida.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика