So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

O'zPFL 15-tur: “Nasaf” - “Navbahor”. Prevyu Yangiliklar

O'zPFL 15-tur: “Nasaf” - “Navbahor”. Prevyu

Teglar :  NasafNavbahor
Oliy liga 15-turida “Nasaf” Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi. Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda o'zaro 41-uchrashuvida maydonga tushishadi.

Uchrashuv anonsi
O'zPFL 15-tur
“Nasaf” (Qarshi) - “Navbahor” (Namangan)
25.06.2017. “G'uzor” markaziy stadioni. 19:00da
Bosh hakam:
Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Timur Galeev, Akbar Po'latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Nail Lutfulin.
 
Jamoalarning yoshlari o'rtasidagi uchrashuv, 24 iyun shanba kuni Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohi stadionida soat 18:00da boshlanadi.
 
O'zaro uchrashuvlarga oid malumotlar

Ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlari doimo keskin va murosasiz bo'lgan. Jamoamiz o'tgan yilgi chempionatda “Navbahor”ni o'z maydonida 6:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Navbatdagi uchrashuv jamoalarning chempionatdagi 41-o'yini sifatida qayd etiladi. Bungacha jamoalar 40 bor o'zaro kuch sinashishgan. 21 uchrashuvda “ajdarlar” g'alabaga erishishgan. 10ta o'yinda “lochinlar”ning qo'li baland kelgan. Qolgan 9ta bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbati 70-59 “Nasaf” foydasiga.

Qarshida bo'lgan o'zaro uchrashuvlar haqida


Mazkur jamoalar bungacha Qarshida 20 marta kuch sinashishgan. Navbatdagisi o'zaro 21-uchrashuv bo'ladi. Bo'lib o'tgan 20ta uchrashuvning 17tasida “ajdarlar” g'alabaga erishgan. Faqat 1 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Bu durang 2012 yili qayd etilgan. Namanganliklarning 2 uchrashuvda qo'llari baland kelgan. Bu uchrashuvlar 1998 va 1999 yilgi mavsumlarda bo'lib o'tgan.

Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlarda “Nasaf” jamoasi futbolchilari “Navbhor” darvozasini 47marta ishg'ol qilishgan. Namanganlik futbolchilar esa 18 marta gol urishga muvaffaq bo'lishgan. Qarshida qayd etilgan eng yirik hisoblar 5:0 (2013 yili), 5:1 (2015 yili) va 6:0 (2016 yil) ko'rinishida.

Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarda “Navbahor” jamoasi “Nasaf”ni so'nggi bor 1999 yili mag'lubiyatga uchratgan va 2012 yili oxirgi durang natijaga erishgan.

Qarshida o'tkazilgan so'nggi besh uchrashuv natijasi
2011 yil. “Nasaf” – Navbahor” 3:2
2012 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 1:1
2013 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 5:0
2014 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 1:0
2015 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 5:1
2016 yil. “Nasaf” – “Navbahor”  6:0

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati


“Nasaf” jamoasi esa 13 uchrashuvdan so'ng 23 ochko jamg'arib turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. Jamoamiz o'tgan 14-turda “Paxtakor”ga 2:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Natijada 2-o'rinni yana “Qo'qon-1912” jamoasiga bo'shatib berdi.

“Navbahor” jamoasi esa 14 uchrashuvdan keyin 19 ochko bilan chempionat jadvalining 8-pog'onasini egallab turibdi. Namanganlik futbolchilar o'tgan 14-tur uchrashuvini o'z maydonida “Olmaliq” bilan o'tkazdi. 1:0 hisobida oldinda borayotgan “lochinlar” so'nggi daqiqada o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborishdi va durang natijaga erishishdi.

Jamoa to'purarlari

“Nasaf” jamoasining ayni damda to'purarlari ro'yxatini serbiyalik hujumchimiz Dragan CHeran boshqarmoqda. U bu yilgi chempionatda 6 marta gol muallifi bo'lgan. Lekin u olti o'yinki, raqib darvozasiga yo'l topa olmayapti. Undan klubimiz muxlislari gol kutishmoqda.

“Navbahor” jamoasida esa Nemanya Yovanovich to'purarlar ro'yxatini boshqarmoqda, bu futbolchi shu paytgacha 5ta to'p kiritgan.

Barcha futbol ishqibozlarini bo'lajak qiziqarli uchrashuvga taklif etib qolamiz. Darhaqiqat, “Nasaf” G'uzorda so'nggi bor uy uchrashuvini o'tkazadi. Navbatdagi uchrashuvlar endi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика