

Superliga
20-tur
“Nasaf” – “Neftchi” 6:2
Qarshi. “Markaziy” stadioni. 19:00
Gollar: Umar Eshmurodov 6’, Bobir Abdixoliqov (Sharof Muhitdinov) 8’, Sharof Muhitdinov (Adenis Shala) 22’, Adenis Shala (Oybek Rustamov) 40’, Bobir Abdixoliqov (Sharof Muhitdinov) 52’, Alibek Davronov (Sharof Muhitdinov) 80’– Alisher Odilov 58’, Stipe Perica (Alisher Odilov) 89’
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Shohruh Said
“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Adenis Shala (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 69), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov (18.Bekjon Rahmatov, 20), 70.Abbosjon G'ulomov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 82.Asilbek No'monov, 3.Mashhur Abdisoliev, 4.Akramjon Komilov, 20.Yusuf Otubanjo, 76.Zafar Sadullaev, 77.Paata Gudushauri, 80.Davron Usmonov.
“Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikromjon Aliboev (21.Muhsinjon Ubaydullaev, 78), 8.Vladimir Yovovich, 9.Xurshid G'iyosov (7.Abrorbek Ismoilov, 59), 15.Nurmuhammad Abdug'aniev (22.Alisher Odilov, 46), 20.Anvarjon G'ofurov, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Perica, 59), 34.Farruh Sayfiev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratino (71.Bilolxon Toshmirzaev, 78).
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 2.Izzatillo Po'latov, 30.Rustambek Fomin.
Ogohlantirishlar: Ikromjon Aliboev (5), Alibek Davronov (56), Anvarjon G'ofurov (72).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.
89. GOL! Odilovning pasidan keyin Perica darvozani ishg'ol qildi - 6:2!
87. “Nasaf”da 2 ta almashtirish: G'ulomov o'rniga Gudushauri, Rustamov o'rniga Sadullaev tushirildi.
85. Bugungi bahsni ko'rish uchun stadionga 8269 nafar tomoshabin kelibdi. Ularning har biri o'yindan shunchaki maza qildi.
83. Yovovich maydon markazida Abdiraxmatovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
80. GOL! Sharof Muhitdinovning burchak zarbasidan oshirib bergan pasidan keyin bu gal Alibev Davronov bosh bilan gol urdi - 6:1! “Nasaf” bugun ikkinchi qavatda shunchaki top!
78. “Neftchi”da 2 ta almashtirish: Ratino o'rniga Toshmirzaev, Aliboev o'rniga Ubaydullaev o'yinni davom ettiradi.
77. Kouaoning havolatib amalga oshirgan uzatmasi ancha kuchli chiqdi.
72. Berdirahmonovga nisbatan qo'pol harakat qilgan G'ofurov ogohlantirildi.
69. “Nasaf”da o'zgarish: Shala o'rniga Berdirahmonov tushirildi.
67. Adenis Shalaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U bugun ko'p mehnat qildi.
65. VAR Yovovich va G'aybullaev o'rtasidagi to'qnashuvni o'rganib chiqdi va penalti yo'q deb topdi.
62. Zarbaaa! Yovovich himoyachilarni ortda qoldirib, o'ng oyoqda kuchli zarba yo'lladi, sal noaniq.
59. “Neftchi”da 2 ta o'zgarish: G'iyosov o'rniga Ismoilov, Marushich o'rniga Perica tushirildi.
58. GOL! Kouaoning uzatmasidan keyin to'p Davronovga tegib, Odilovga qadar yetib keldi, u bo'sh darvozani ishg'ol etdi - 5:1!
57. Koauoning ichkariga uzatmasidan keyin Sayfiev o'ng oyoqda ancha noaniq zarba berdi.
56. Alibek Davronov hushtakdan keyin to'pni tepib yuborgani uchun sariq kartochka oldi.
54. Zarbaaa! Abdixoliqov G'ofurovni ortda qoldirib, birga-bir holatga chiqib bordi va zarba berdi, Ergashev xavfni bartaraf etdi!
52. GOL! Sharof Muhitdinovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Abdixoliqov darvozaga kiritib, dublni rasmiylashtirdi - 5:0!
49. Uuux! G'ulomovning zarbasidan keyin Ergashev to'pni qaytardi, qaytgan to'p Abdixoliqovga kelib tushdi, hujumchining zarbasidan so'ng Ergashev to'pni ushlab oldi.
48. Zarbaaa! Yovovichning pasidan keyin Aliboev chap oyoqda kuchli, ammo noaniq zarbaga mualliflik qildi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Neftchi”da almashtirish: Abdug'aniev o'rniga Odilov bahsni davom ettiradi.
Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob - 4:0. Tanaffus!
45+3. Yovovichning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Ne'matov urib yubordi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
43. Yovovich jarima maydonchasi ichiga kirib borib, Abdiraxmatov bilan to'qnashuvda yiqildi. Tantashev futbolchining holidan xabar oldi.
42. Islom Ismoilov shogirdlariga epizodlar yuzasidan etiroz bildirmoqda.
40. GOL! Dahshat! Rustamovning uzun pasidan keyin Shala jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, o'ng oyoqda zarba berdi, darvozabon zarba oldida ojiz qoldi - 4:0!
39. Abdixoliqov raqib xatosidan unumli foydalanib to'pga ega chiqdi va olisdan o'yg oyoqda zarba yo'lladi, noaniq.
37. Zarba! Abdixoliqov uzun pasni qabul qilib olib, tezkor hujumga o'tdi va o'ng oyoqda zarba berdi, Ciger to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
33. Zarba! Ratinoning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin G'iyosov chap oyoqda zarba yo'lladi, Ne'matov o'z o'rnida!
30. Sayfievning G'iyosov tomon uzatmasidan keyin to'p “Nasaf” vakillariga o'tib ketdi.
28. Abbos G'ulomov maydon markaziga yaqin hududda Aliboevga nisbatan qoidani buzdi.
27. Zarba! Sayfievning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Kouao bosh bilan zarba yo'lladi, sal noaniq.
25. Uuux! G'aybullaevning qo'pol xatosidan so'ng Yovovich birga-bir holatga chiqib borib, zarba berdi, uni Ne'matov qaytardi!
22. GOL! Sharof Muhitdinov Shalaning pasidan so'ng chap pastki burchakni nishonga oldi - 3:0!
20. “Nasaf”da o'zgarish: Murod Rahmatov o'rniga Bekjon Rahmatov tushirildi.
18. Zarbaaa! Aliboevning olisdan yo'llagan kuchli zarbasini Ne'matov bartaraf etdi!
16. Abdug'aniev Marushichni qulay nuqtaga olib chiqish ilinjida yaxshi pas berdi, ammo Eshmurodov hujumchiga to'sqinlik qildi.
12. Abdiraxmatov bir qator raqiblarni aldab, yakunda G'ofurovga nisbatan qoidani buzdi.
11. “Neftchi” omadini hujumdan izlayapti, ammo hozircha chora topolmayapti.
8. GOL! Muhitdinovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Abdixoliqov boshi bilan darvozaga aniq yo'naltirdi - 2:0! Qanday start!
6. GOL! Sharof Muhitdinov jarima zarbasidan erlatib zarba yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi va qaytgan to'pni Eshmurodov darvozaga kiritdi - 1:0!
5. Aliboev jarima maydonchasi chizig'ida zarba berishga chog'lanayotgan Abdiraxmatovni yiqitdi va ogohlantirildi.
2. Bahs kutilganidek yuqori tempda boshlandi. Abdiraxmatovning uzatmasi himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi.
1. O'yin boshlandi!
Uchrashuv 19:00 da start oladi.



