“Ozodi” stadioniga yuz mingdan ziyod muxlis kelishi kutilyapti
05 may 2015 16:54
Yangiliklar

“Ozodi” stadioniga yuz mingdan ziyod muxlis kelishi kutilyapti
Xabaringiz bor, 6 may kuni OCHL-2015 guruh bosqich uchrashuvlariga yakun yasaladi.
6-tur doirasida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Tehronda mahalliy “Persepolis” jamoasi mehmoni bo'ladi. Bugun ushbu uchrashuv oldidan har ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda mezbon jamoa va “Ozodi” stadioni vakillarining malum qilishicha, “Persepolis” – “Bunyodkor” uchrashuviga chiqarilgan chiptalarning aksar qismi sotib bo'lingan. Mutaxassislarning aytishicha, ertangi bahsni tomosha qilish uchun “Ozodi” stadioniga 100 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilyapti.
Qayd etish kerakki, yaqin-yaqinlargacha Osiyo CHempionlar ligasida eng ko'p muxlis yig'gan bahs sifatida 2009 yilgi turnirning nimchorak finali doirasidagi “Persepolis” – “Bunyodkor” (0:1) uchrashuvi rekord natijani ko'rsatib kelayotgandi. O'shanda “Ozodi” stadioni 95.225 nafar muxlis tashrif buyurgandi. Biroq OCHL-2015 guruh bosqichi 4-turida “Persepolis” Saudiya Arabistoni chempioni “Al-Nasr”ni qabul qildi va OCHLda yangi rekord o'rnatildi. SHu kunu “Ozodi” stadioni o'z bag'riga roppa-rosa 100 ming muxlislarni qabul qildi.

Fikrlar