So’nggi yangiliklar

20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  4 20:10Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  6 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  9 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  2 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  11 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  6 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  4 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  7 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1

O'zinikilar ichida begonaga aylanganlar Yangiliklar

O'zinikilar ichida begonaga aylanganlar

Bir qator futbol yulduzlari o'z klublari safida xuddi o'gay o'g'il kabi yurishibdi.

Andre Gomesh (“Barselona”)
Gomesh “Benfika” va “Valensiya”da juda yaxshi o'ynagandi, shu qadar ediki, futbolchi uchun “Real” va “Barselona” kurash olib borgan, biroq kataloniyaliklar Andre orzularidagi futbolchi emasligini keyinroq tushunib etishdi. Portugaliyalikni bir necha yildan beri kuzatayotgan muxlis, bugun yarim himoyachi o'yiniga nazar tashlar ekan, hayratdan tili aylanmay qolishi hech gap emas. Gomesh huddiki futbol o'ynashni esdan chiqarib qo'ydi, maydonda avval ortiqcha muammosiz bajargan ishlarini ham qila olmayapti. Muammo shu darajaga etdiki, futbolchining har bir harakati tanqid qilinar va kulguga sabab bo'ladigan bo'lib qoldi. Tabiiyki, 35 million evrolik futbolchi buncha ko'p xato qilishi hech kimga yoqmaydi. Lekin atrof muhit, jamoadoshlari va yonidagilar futbolchiga undanda ko'proq muammo tug'dirmoqda. “Balki bunday deyishim unchalik to'g'ri emasdir, lekin hayotim do'zaxga aylanib ketdi, sababi juda katta bosimni xis qilyapman. Aynan shu sabab, maydonda ham bor diqqatimni futbolga qarata olmayapman. Ko'p bor uyimni tark etishdan qo'rqqanman. Sababi, ko'chaga chiqsam, klub muxlislariga duch kelaman, ular menga qarashlari... Uyatdan ko'chada yurolmay qoldim...”

Karim Benzema («Real»)
O'zinikilar ichida begonaga aylanganlar turli xil bo'ladi. Bazilarni murabbiy tarkibga qo'ymaydi, imkon bermaydi, bazilar bir necha omadli mavsumlardan so'ng, keraksiz bo'lib qoladi. Boshqalarni esa muxlislar yoqtirishmaydi. Karim Benzema “Real” muxlislarining “yoqimtoyi”ga aylanganiga ancha bo'ldi. Futbolchining o'ta qulay vaziyatlardan noaniq zarbalariga majbur ko'nikkan muxlislar, alam to'la kulgu bilan qabul qiladigan bo'lib qolishgan. Benzema bugungi kunda “qirollik klubi” darajasidagi hujumchi emasligini maydonda isbotlashga ulgurgan bo'lsada, Zidan unga ishonch bildirishdan charchamayapti. Francuz hamyurtiga shunchalik ishonadiki, unga raqobchisiz hayotni ham taminlab berdi. Ammo, lekin, biroq... Benzema portugaliyalik hamkasbi Gomeshda bo'lganidek, muxlislar oldida uyatdan siqilib yuradiganlar toifasidanmasdek chog'i. Francuz aqlbovar qilmas xatolaridan keyin ham, bugungi kunidan zavq olib yashashda davom etmoqda. CHamamda, yurtimizda mashhur bo'lgan “Men o'zimni sevaman, menga o'zim yoqadi, Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi” qo'shiqni Karimjon ham eshitgan va o'ziga shior qilib olgan shekilli.


Klaudio Bravo («Manchester Siti»)
Ispaniyadan chiqib, Angliya tomon yo'l olamiz. 2016 yil yozida Klaudio Bravo eski tanishi Pep Gvardola taklifiga ko'ra Manchesterga yo'l olgan va “Siti”ning birinchi raqamiga aylanishi kerak edi. Biroq dastlabki o'yinlardanoq Bravo bir nechta xatoga yo'l qo'ydi. Darvozabon harakatlarida asabiylik shundoq sezilib turardi. Natijada bir yil o'tib, “Manchester Siti” Edersonni sotib oldi va chililik posbon zaxira o'rindig'iga mixlandi. Klaudio – yaxshi futbolchi va egoist emas, shuning uchun o'zi bilganlari, tajribasini yosh hamkasbi bilan bo'lishmoqda, lekin o'zining taqdiri xavas qilgudek emas.

Deyli Blind («Manchester Yunayted»)
Bu ro'yxatga kirib qolgani uchun Blind bosh murabbiy Mourinoga alohida tashakkur desa arziydi. Aytgancha, bu erda Genrix Mxitaryan ham bo'lishi hech gap emasdi, ammo futbolchi paydo bo'lgan imkoniyatdan foydalanib qoldi va Londonga yo'l oldi. Hozirda eng omadsiz va qiynalib ketgan (adolatsiz) gollandiyalik Deyli bir nechta nuqtada birdek foyda keltirishi mumkin. Buni u MYUda ham ko'rsatib, itsbotlab bo'lgan. Ammo hozir uning iqtidori Jozega kerak emas. Balki, ana o'sha jihat, faqat bir nuqtada emas, bir nechta nuqtada o'ynab ketaverishi Blindga qimmatga tushgandir. Nima bo'lganda ham iqtidorli, kuchli futbolchi maydonga deyarli tushmayapti va “Old Trafford”dan ketishi zarur. Qancha tez bo'lsa, shuncha yaxshi.

Simon Minole («Liverpul»)

Asosiy darvozabon roli uchun uzoq davom etgan kurashda Loris Karius jamoadoshi Minoleni engdi. To'g'ri, germaniyalik ham umuman xato qilmayapti deb bo'lmaydi, ammo so'nggi oylarda aynan u ishonchliroq o'yin namoish qilyapti. Bunda Karius mehnati bilan bir qatorda, Simonning qo'pol xatolari ham muhim rol o'ynadi deyish mumkin. Axir top jamoa darvozaboni bunchalik ko'p xato qilishi va bunchalik kam seyv amalga oshirishi normal holat emas. “Qizillar” Minoleni yoqtirishmaydi va ularni tushunsa bo'ladi.

Tobi Alderveyreld («Tottenxem»)

Jamoadagilar seni yoqtirmay qolishini xohlasang, shartnomani uzaytirma. Tobi Alderveyreld xuddi shunday qildi. Futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuv 2019 yilgacha mo'ljallangan. Rahbariyat belgiyalik bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Maurisio Pochettino qanchalik buni berkitishga harakat qilmasin, oyni etak bilan yopib bo'lmaydi. Tobi aynan jamoaning bir bo'lagi bo'lmay qolgani uchun o'ynamayapti. Alderveyreldni maydonga tushirishga biror to'siq yo'q, ammo futbolchi xayolan shu qadar “shporlar”dan uzoqlashib ketganki, maydonda foydasidan zarari ko'proq bo'lishi mumkin. SHartnoma imzolamasang, maydonga tushmaysan ham. Kim biladi deysiz balki, yozda mundialdan so'ng, Tobi ham boshqa jamoaga ravona bo'lar.


David Luis («CHelsi»)
Braziliyalik himoyachi uchun bu yangi holat emas. SHunga o'xshash vaziyat futbolchi bilan avvalroq ham sodir bo'lgandi, qizig'i, “CHelsi”ning o'zida. O'shanda futbolchi Joze Mourinoga yoqmay qolgandi va Parijga ko'chib o'tgan, ammo keyinroq yana ortga qaytarilgandi. CHempionlik nishonlangan mavsumda Luis bosh murabbiy Antonio Konte jamoasining muhim o'yinchilaridan biri edi. Endi esa Luis bosh murabbiy bilan bahslashib qolgani tufayli asosiy tarkibdagi joyini ham yo'qotib qo'ydi. Yozda yo unisi, yoki bunisi jamoadan ketishi aniq. Albatta, natijalarga qarab aytadigan bo'lsak, Konte klubdan ketishi haqiqatga yaqinroqdek, shunday ekan Davidning ko'chasida ham quyosh chiqishiga oz qoldi.

Kevin Trapp (PSJ)
Germaniyalik posbon PSJ ga asosiy darvozabon sifatida kelgan va bir mavsumni o'tkazgandi. Lekin ortiqcha etirozlar bo'lmasada, Unai Emmeri va Alfons Areolya klubga kelganidan keyin o'yin vaqti darvozabonlar o'rtasida bo'lina boshlandi. Bu mavsumda esa Trapp butkul zaxira o'yinchisiga aylanib qoldi. Kulgili tomoni shundaki, parijliklar Kevinni qo'yib yuborishni ham istashmayapti, har extimolga qarshi zaxirada ham kuchli darvozabon zarar qilmasmish. Trappning holatiga xavas qilib bo'lmaydi. Balki yozgi transfer oynasi vaqtida kimdir uni Parij “tilla qafasidan” qutqarar.

Benedikt Xevedes («Yuventus»)
Klub jahon chempionini sotib olayotganda, ayniqsa u o'sha mundialda asosiy tarkib futbolchisi bo'lgan bo'lsa, ko'p o'tmay sportchi yangi jamoasiga kerak bo'lmay qolishini tasavvur qilish qiyin. Bunga jarohatlar ham sabab bo'lmoqda, lekin o'sha jarohatga moyillik ham muxlislarga yoqmaydigan xislatlardan biri. Benedikt esa “Yuventus” tarkibida 1 (bitta - adashganimiz yo'q) o'yin o'tkazdi. Bugun nechinchi aprel? 10 aprelga kelib, futbolchi hisobida maydonda o'tkazilgan 68 daqiqa mavjud. Daxshat!

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика