So’nggi yangiliklar

09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  2 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  6 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1

O'zingizni qo'lga oling Zabihillo va Dostonbek! Yangiliklar

O'zingizni qo'lga oling Zabihillo va Dostonbek!

Ayni paytda Xitoyda O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etmoqa.

Birinchi turda Ravshan Haydarov shogirdlari Qatarga 0:1 hisobida yutqazishdi, ikkinchi turda esa O'zbekiston mezbon Xitoy ustidan 1:0 hisobida g'olib bo'ldi. 15 yanvar kuni guruh bosqichining 3-turida Ummon bilan o'ynaymiz. Mana shu o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Xalqimiz jamoamizdan albatta g'alaba kutmoqda. 



Dastlabki turda jamoa etakchisi deya atalayotgan Javohir Sidiqovning o'yini o'xshamadi. Xitoy bilan bahsda esa u o'zini qo'lga oldi va bahsda eng yaxshilardan biri bo'ldi. Biroq terma jamoamizning yana ikki etakchisi dastlabki ikki bahsda o'zidan kutilgan o'yini ko'rsata olishmadi. Zabihillo O'rinboev O'zbekiston U-23 terma jamoasi sardori va etakchisi hisoblanadi. U o'z klubida balki yorqin o'yin ko'rsata olmas, ammo terma jamoaga ko'p foyda keltiradi. Tailanddagi o'rtoqlik musobaqasining eng yaxshi to'purari bo'lgan O'rinboev finalda Yaponiyaga 2ta gol urgandi. Dostonbek Hamdamov esa yakunlanan mavsumda "Bunyodkor"ning haqiqiy etakchisiga aylanib oldi. U oliy ligada 10dan ortiq gol urdi. Osiyo chempionatining dastlabki ikki turida mana shu futbolchilar muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi. 

Oldinda Ummon bilan o'yin bor. Ko'pchilikning istagi shu: Zabihillo va Dostonbek uyg'oning! Sizning vaqtingiz keldi! 



Oddiy muxlis Ulug'bek Mirzamurotov

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика