So’nggi yangiliklar

09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  0 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  0 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  2 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  3 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  1 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  1 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  6 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  15 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  16 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  1 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0

O'zingiz tanlagan yo'l, janob Kuper! Yangiliklar

O'zingiz tanlagan yo'l, janob Kuper!

Ektor Kuper Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyatdan xafa bo'lishga hojat yo'qligini takidladi.

Bu shunchaki guruh bosqichi doirasidagi oxirgi o'yin, pley-off bosqichida natija boshqacha bo'lishiga ishora qildi. Murabbiy jamoa ko'rsatgan o'yindan qoniqqanini va nimchorak final oldidan etakchilarga hordiq chiqarish imkoniyatini yaratib bergan holda diskvalifikaciya xavfidan qochganini yashirmadi.

Kuper xotirjamlik bilan aytayotgan gaplaridan kelib chiqsak, murabbiy barcha jarayonni nazorat qilayotgandek tuyulmoqda. Ishonch yuqori, havotirga o'rin yo'qdek. Avstraliya bilan o'ynashimiz Kuperni ko'p ham havotirga solmayotganini sezish mumkin. Kuper uchun Osiyodagi istalgan jamoa doimgi raqibdek ko'rinmoqda. SHu boisdan ham Yaponiyaga qarshi guruh peshqadamligini aniqlaydigan bahsda murabbiy etakchi futbolchilarimizni jarohat yoki diskvalifikaciyadan sug'urtalagan holda ish tutdi.

Bu ham musobaqa davomida murabbiylar qo'llaydigan bir uslub va taktika. Demak Kuper nimchorak finalda raqib tanlashdan ko'ra o'z qo'l ostidagi "tuz"larni asrashni maqulroq deb topdi. Ularsiz ham guruh peshqadamligi uchun kurashib ko'rmoqchi bo'ldi. O'xshasa yaxshi, o'xshamasa ko'p narsa yo'qotmaymiz degan qabilada ish tutdi.

Kuper aytganidek, kechagi mag'lubiyatdan xafa bo'lishga hojat yo'q. CHunki musobaqaning haqiqiy lazzatli damlari endi start olish pallasida. Buyog'iga har bir o'yin final misoli qimmatli. Ayniqsa Kuper ehtimoliy voqea va kimlar bilan o'ynashimiz mumkinligini ongli ravishda tushinib shunday qarorga keldi. Demak murabbiy musobaqa davomida o'zi belgilagan yo'l orqali yurmoqchi.

Kuper tanlagan yo'ldan Avstraliya chiqmoqda. Kuper uchun bu qo'rqinchli bo'lmasligi mumkin, lekin bizda ozgina desam balki noto'g'ri bo'lar, anchagina havotir mavjud. Buni o'ziga yarasha sabablari bor. Avstraliya va nimchorak finaldagi imkoniyatlarimiz haqida haliroq batafsil to'xtalamiz.


Hozir bir narsaga etibor qaratmoqchiman. Ko'pchilik Avstraliya avvalgidek kuchli emas, ular bilan o'ynasa bo'ladi degan fikrda. Guruh bosqichidagi Avstraliyaning dastlabki o'yiniga tayangan holda bildirilayotgan bu fikrlarga umuman qo'shilmayman. CHunki guruh bosqichini ko'plab grand jamoalar ancha xotirjam boshlashdi. Musobaqa uzoq davom etishini inobatga olgan holda Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi yuqori elitga mansub grandlar kuchni to'g'ri taqsimlab katta zaxira bilan o'ynashmoqda.

Oddiy misol, kechagi bahsda durang ham bizga guruh etakchiligini saqlab qolish uchun etarli bo'lardi. SHu boisdan ham bazi etakchilarni asragan holda tarkibda o'zgartirishlar kiritildi. Osiyo Kubogiga ancha yosh tarkib bilan kelgan Yaponiyaga g'alaba bizga nisbatan zarurroq edi. Xajime Moriyasu ham g'alaba kerak bo'lgan bahsda nimchorak finalni unutmadi va tarkibni Kuperdan farqli ravishda butkul yangiladi. Kechagi uchrashuvda hali musobaqa davomida umuman maydonga tushmagan 7 nafar futbolchi boshlang'ich tarkibga kiritildi. Asosiy etakchilarning barchasiga dam berildi. Lekin shunda ham Yaponiya bizga nisbatan har taraflama qiyinroq holatda bo'lishiga qaramasdan o'zi uchun kerakli natijaga erishdi. To'p bilan muomula qilish, to'p uzatmalari soni bo'yicha biz Yaponiyadan ustunlikka erishdik. Lekin buni qanchalik samarali amalga oshirdik, natija javob berib turibdi. Hujumlar soni bo'yicha biz, ammo sifat va samara keltiruvchi xavfni esa Yaponiya sodir etdi. Yaponiya natijadan kelib chiqib to'p nazoratini bizga topshirdi, lekin o'yin tizginini ular to'liq nazorat qilishdi. Bu taraflama ham Moriyasu taktik jihatdan ancha ayyorroq va puxtalik qildi.

Nima demoqchiman? Yaponiya, Avstraliya yoki Janubiy Koreya istalgan paytda o'yinini kuchaytirishi va muhim pallada natija qayd etishga qodir jamoalar. Ayniqsa pley-off bosqichida grandlar butkul jiddiy qiyofaga kirishadi. Guruh bosqichidagi hazillar ortda qoldi. SHu boisdan ham guruhdagi kuchli Iordaniyadan ko'ra pley-offga zo'rg'a chiqqan Avstraliya ancha qo'rqinchliroq. CHunki ularda katta zaxira mavjud. Pley-offda esa ushbu zaxiradan qanday foydalanishni ular yaxshi bilishadi. Bunday pallada ijrochilar mahorati, murabbiylarning taktik taraflama bilimdonligi, o'yin chizgisi kimda chiroyliroq bo'lishi hal qiluvchi rolni bajaradi. Aynan shu omillar qaysi jamoalarda to'g'ri va mukammal jamlansa, o'shalar uzoqroqqa borishadi.

Kechagi mag'lubiyat natija etibori bilan qattiq xafa qilmaydi. CHunki guruhdan chiqish vazifasi uddalagandi. Lekin shunday xotirjam va bosimsiz pallada ham Yaponiyaning ikkinchi tarkibini enga olmaganimiz bazi savollarni keltirib chiqaradi.

Ektor Kuper bizga aynan vazni og'ir bo'lgan Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliyaga o'xshagan gigantlarni yutish uchun ham olib kelingan. CHunki faqat shu raqiblar tufayli goh qita chempionatida o'z yurishimizni yakunlaganmiz, goh JCH saralashida ular yo'limizga tug'anoq bo'lishgan. Qolganlar bilan etakchi mahalliy mutaxassislarimiz ham ishni do'ndirib qo'yishgan.

Hozircha ahamiyati jihatdan u qadar muhim bo'lmagan bahsda yana Yaponiyaga yutqazdik. Bu kechirimli. Lekin nimchorak finalda, jiddiy o'yinda Avstraliyaga qarshi bahsda natija va g'alaba talab qilishga to'la haqlimiz. Birinchidan, O'zbekiston Osiyo Kubogida uzluksiz doimiy ravishda kuchli sakizzatlikka kirib kelmoqda. Bu safar ham eng minimum bo'lgan natijamiz, yani chorak final natijasini takrorlamaslik sharmandalik bo'ladi. Nimchorak finaldayoq jiddiy raqibga duch kelganimizga esa qaysidir manoda Kuperning tanlagan yo'li.

Janob Kuper, qachonki siz nimchorak finalda biz hali gol urmagan Avstraliyani mag'lub etishni uddalasangiz, shunda biz kechagi mag'lubiyatdan xafa bo'lmaymiz. Bilamiz, siz uchun bunday musobaqalardagi eng minimum va hozircha maksimum bo'lib turgan bekat - final.

Bilamiz, siz terma jamoani BAAga Osiyo Kubogida natija qayd etish uchun olib keldingiz. CHunki tarkib O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kuboklari tarixidagi eng qariyasiga aylandi. Hozirgi terma jamoamiz o'zagini tashkil etayotgan ko'plab etakchilar JCH-2022da bizga yordam bera olishmaydi. Siz hozir JCH saralashini emas, Osiyo Kubogida natijani o'ylab shunday yo'l tutgansiz. Qo'shimchasiga siz tanlagan taktika ham aynan natijaga qaratilgan.

"CA" terma jamoamizning potencialiga ishongan holda qaytish chiptalarini kamida yarim finaldan keyinga rejalashtirib qo'ygan.


O'zbekiston uchun minimum bekat - chorak final. Umid qilamizki, siz bizni o'zingiz uchun odatga aylangan minimum bekatga qadar etaklay olasiz. Buyog'i o'zingiz tanlagan yo'l. Unutmang, O'zbekiston nimchorak finalda to'xtaydigan jamoa emas. Hammasi sizga bog'liq, janob Kuper! Omad!

Muallif :
Reyting: +83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика