Ozilning agenti germaniyalik futbolchining kelajagiga aniqlik kiritdi
12 may 2019 00:10
Yangiliklar


Ozilning agenti germaniyalik futbolchining kelajagiga aniqlik kiritdi
Arsanal yarimhimoyachisi Mesut Ozilning shaxsiy agenti Erkut Sogut 30 yoshli futbolchining kelajagi haqida gapirdi.
“Mish-mishlar har doim bo'lgan. Biroq, men Mesutning klubga bo'lgan sadoqat haqida gapirmoqchiman. U bor etiborini faqat «Arsenal»ga qaratmoqda. Unda «Arsenal»ning qizil qoni oqmoqda. U klub bilan tuzgan shartnomasini xurmat qiladi. Ozil klubda eng kamida 2021-yilgacha qoladi. Kelayotgan yozda tarqaladigan xabarlardan jamoa muxlislari xavotir olmasa ham bo'ladi. Mesut o'zi uchun kerakli bo'lgan joyni topdi. Jamoa unga ishonmoqda”, – deydi Sogut.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar