Ozil: "Shvaynshtaygerga ko'nikib olish uchun vaqt kerak"
Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2015, 19:11
"Arsenal" futbolchisi Mesut Ozil tanqidlar yomg'iri ostida qolgan MYU futbolchisi Bastian Shvaynshtaygerni qo'llab-quvvatlab chiqdi.
"Matbuot unga nisbatan nohaqlik qilmoqda. Bastianga APLga ko'nikib olish uchun vaqt kerak. Unga shunchaki vaqt bering. U o'tgan jahon chempionatida qay saviyadagi futbolchi ekanligini isbotlay olgan", - deydi Ozil.