

O'zilning so'zlariga ko'ra, Los-Anjelesdagi yig'inlar vaqtida u, Shkodran Mustafi, Sead Kolashinac va Aleksandr Lyakazett krosbar-chellenj (to'pni markazdan tepib, darvoza ustuniga tekkazish) o'ynashgan va unda fransiyalik futbolchi g'alabaga erishgan. U mag'lub tomonga sochini bo'yash majburiyatini qo'ygan.
"Men yutqazdim. Aniqrog'i, biz yutqazdik. Xayot shunday", - dedi O'zil.



