O'zil 1000 bolaning operaciyasi pulini to'lab beradi

Mirjalol Normatov
8 dek 2019, 13:13
"Arsenal" futbolchisi Mesut O'zil 1000 nafar bemor bolaga yordam berishni istamoqda.

Bu haqda uning agenti "The Sun"ga bergan intervyusida aytib o'tdi.

"O'tgan JCH vaqtida Mesut menga hayriya ishlarida ham qatnashish istagi borligini aytgandi. O'shanda u 1000 nafar bolaning operaciyasi pulini o'tkazib berishga tayyorligini tushuntirgandi. O'shanda u: "Bugun bo'lmasa, qachon?", dedi.

Mesutning bolaligi juda og'ir o'tgan. Shu boisdan u bunday ishlarni doimo qilgisi keladi", - dedi agent.

O'zil o'zining to'yi kunida Turkiya va Suriyada yashayotgan uysiz 100 mingga yaqin odamlar uchun ham katta mablag' ajratgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun