So’nggi yangiliklar

19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  0 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  4 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  1 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  2 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  8 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1

O'zi bilan "dam solingan" suvini olib yuradigan murabbiy haqida ikkinchi maqola Yangiliklar

O'zi bilan "dam solingan" suvini olib yuradigan murabbiy haqida ikkinchi maqola

Teglar :  Jovanni Trapattoni
Quyida kelasi yil 80 yoshni qarshi oladigan italiyalik murabbiy Jovanni Trapattoni haqidagi hikoyaning ikkinchi qismini havola etamiz.

Albatta, hatto "Yuventus"dek nomdor jamoada ham ishlar bir tekis kechmagan. Futbolning go'zalligi shundaki, unda kutilmagan voqelar tez-tez ro'y berib turadi. Trapattoni "Yuve"da ekanligida Janni Rivera boshchiligidagi "Milan" bilan kurashishiga to'g'ri kelgandi. Qolaversa, CHempionlar Kubogining birinchi raundida kutilmaganda "Glazgo Reynjers"ga imkoniyat boy berilishi uning kursisini qimirlatib qo'yadi. Trapattoni italyanlar sevib aytadigan "katenachcho"dan to'liq foydalanmagan. U jamoasini ko'proq qarshi hujumlarda o'ynatishni maqul ko'rardi. Aynan shunday o'yin sabab "Yuventus" 70 va 80-yillarda Evropa gegemonlaridan biriga aylanadi. CHunki bu jamoa qarshi hujumlarda juda kuchli edi. 

1980-81 yilgi mavsumda Trapattoni irlandiyalik yarim himoyachi Liam Bredini qo'lga kiritadi. U kuchli yarim himoyachi bo'lib, to'pni olib qo'yish mushkul bo'lgan. Bu futbolchi ayniqsa jamoa himoyalanayotganda asqotgan. Yangi futbolchi bilan "Yuventus" "Roma"ni bir ochkoga ortda qoldirgan holda chempionlikni qo'lga kiritadi, ammo CHempionlar Kubogi Trapattoni uchun orzuligacha qoladi. SHundan so'ng murabbiy yangi o'yinchilarni qidirishga tushadi va tez orada Platini bilan Zbignev Bonekni o'z jamoasiga taklif etadi. Har ikki futbolchi JCH-1982da porlagandi. 


1983 yil "Yuventus" CHempionlar Kubogi finaliga qadar boradi, biroq Ernst Xappel boshchiligidagi "Gamburg"ga yutqazib qo'yadi. Trapattoni baribir tan berishni xohlamasdi. Nihoyat, oradan bir yil o'tib "Yuventus" uchta musobaqada g'olib chiqadi: A seriya, Kubok egalari Kubogi va Evropa Superkubogi. Jamoa Superkubok uchun kechgan bahsda "Liverpul"ni mag'lub etadi. Oradan besh oy o'tib bu jamoalar endi CHempionlar Kubogi finalida o'zaro to'qnash kelishadi. O'yin va o'yin atrofida ro'y bergan voqealar haqiqiy dahshatga aylandi. 

Hali uchrashuv boshlanmasidan "Liverpul" fanatlari tribunada "Yuventus" muxlislari bilan mushtlashib ketishadi. Buning oqibatida janjal kattalashib ommaviy to'polonga aylanadi va natijada 39 muxlis halok bo'ladi. O'lim yuz bergan bo'lishiga qaramay, tashkilotchilar baribir o'yinni o'tkazishadi. Faqat uchrashuv boshlanishi bir soatga kechiktiriladi. O'yin "Yuventus"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topadi va yagona golni Platini penaltidan kiritadi.

SHunday qilib Trapattoni anchadan beri kutayotgan sovringa ega chiqadi. Ammo o'yindan so'ng "Yuve" futbolchilarining chempionlikni nishonlamasligi tashkilotchilarni hayron qoldiradi va ular bundan xafa bo'lishadi. Trapattoni esa jamoani yana yangi g'alabalar sari undaydi va o'sha yilning o'zidayoq "Yuventus" bilan Qitalararo Kubokda g'oliblikni qo'lga kiritadi. SHunday qilib bir yil ichida turinliklar o'zlari xohlagan hamma sovringa ega chiqishadi. Bu paytga kelib Jovanni Trapattoni endi 46 yoshni qarshi olgandi.

"Yuventus"ning A seriyadagi navbatdagi chempionligidan so'ng Trapattoni ketish kerakligini tushunib etadi. Murabbiyning navbatdagi ish joyi Milanning "Inter" klubi bo'ladi. Besh yil ushbu jamoada faoliyat olib borgan etuk mutaxassis "Inter" bilan Skudetto, mamlakat Superkubogi va UEFA Kubogida g'olib chiqadi. 1994 yilga kelib murabbiy ilk marta Italiyani tark etadi va o'zini Germaniya Bundesligasida sinab ko'rishni xohlaydi. Ammo "Bavariya"ga borgan murabbiy tanqidchilarning asosiy mavzusiga aylanadi. CHunki "Bavariya" kutilmaganda to'rtinchi divizion jamoasi "TSV Vestenbergsgryu" bilan kechgan Kubok o'yinida yutqazib qo'yadi. Qolaversa, Bundesligida 6-o'rinni egallaydi.


Lekin Trapattoni aslo bo'sh kelmas, doim nimadir yangilik kiritishga urinardi. Oradan bir yil o'tib u Germaniyani tark etadi va Italiyaga qaytib "Kalyari" boshqaruvini qo'lga oladi. Ammo 1996-97 yilgi mavsum oldidan italiyalik yana Germaniyaga qaytib yana "Bavariya" bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Ikkinchi qaytish omadli kelib "Bavariya" o'sha mavsumdayoq chempion hamda mamlakat Kubogi sohibi bo'ladi. Murabbiy Basler, Yanker, Elber kabi futbolchilar bilan shartnoma tuzadi, qolaversa Mehmet SHollning o'yinchi sifatida shakllanishida yaqindan yordam beradi. Oradan bir yil o'tib esa ko'ngilsiz voqealar boshlanadi. Jamoa chempionlikni himoya qila olmaydi, haligacha tildan tushmay kelayotgan matbuot anjumani esa birdaniga shov-shuv bo'lib ketadi.

Faqat oradan 13 yil o'tibgina Jovanni Trapattoni aslida nima bo'lganini so'zlab bergan. "Hayotda har xil voqealar uchrab turadi, bazan ovozingni baland qilib gapirishga to'g'ri keladi. O'sha matbuot anjumanida meni eshitishlari va tushunishlari uchun baland ovozda gapirgandim. Agar sizda charchagan futbolchilar bo'lsa, ularni yangisiga almashtirasiz. Hozir murabbiylar buni bemalol qilishyapti, lekin u paytlari Germaniyada odamlar faqat o'zlari o'rganib qolgan futbolchilarni maydonda ko'rishni xohlashardi. Hatto mashhur futbolchi ham baribir qachondir toliqadi va futboldan zavq olmay qo'yadi. SHunday paytda sizga yoshlar, g'alabaga chanqoq o'yinchilar kerak bo'ladi. SHu bois ham men o'shanda bazi futbolchilardan voz kech ishga qaror qilgandim. CHunki mening nazdimda futbolchi yo maydonga tushishi yoki zaxirada o'tirish kerak", - degandi murabbiy.  


Murabbiyning keyingi faoliyati xilma xil kechdi. "Fiorentina"ga borgan Trapattoni Evropa chempionlar ligasida "Arsenal", "Manchester Yunatyed" kabi klublarni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. "SHtutgart"da esa futbolchilar va rahbariyat bilan kelishmovchiligi tufayli atigi etti oy ishladi. Keyinchalik "Benfika" va "Red Bull" klublarini boshqargan mutaxassis Portugaliya, Avstriya chempionligini qo'lga kiritdi. Yana bir qiziq malumot shundaki, Trapattoni 2010 yil Vatikan terma jamoasini boshqarib bitta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga olib tushgan.

Jovanni Trapattoni 2013 yil turmush o'rtog'ining gapiga kirib murabbiylik faoliyatiga nuqta qo'ygan. U garchi ko'p bora tanqidlarga duchor bo'lgan bo'lsa-da, 40 yillik faoliyati mobaynida 23ta sovrinni qo'lga kiritgan. Qolaversa, u "Yuventus" tarixidagi eng omadli murabbiy hisoblanadi.

Ruschadan X.Xoliqov tarjimasi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика